Onlayn olimpiada shartlari
@poytaxtuz011. “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiadada yoshlarga mo‘ljallangan bo‘lib, 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.
2. Mazkur loyihani o‘tkazishdan maqsad — yoshlar orasida Toshkent shahrining tarixi, boy madaniy-merosi haqidagi bilimlarni oshirish hamda ularning mantiqiy tafakkurini kuchaytirishdan iborat.
3. @poytaxtuzbot Telegram boti orqali foydalanuvchilar to‘liq ro‘yxatdan o‘tishlari va telefon raqamlarini kiritishlari lozim. To‘liq ro‘yxatdan o‘tmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritgan foydalanuvchilarning ishtiroki haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Shu sababli ro‘yxatdan o‘tishda e’tiborli bo‘lish so‘raladi.
4. @poytaxtuzbot Telegram botida har haftada yangi savollar taqdim etiladi. Foydalanuvchilar hafta davomida istalgan vaqtda savollarni ishlashlari mumkin. Ammo har haftada taqdim etiladigan savollarda bir ishtirokchi faqat bir marta ishtirok eta oladi. Bunda testlarni quyidagi muddatlar orasida ishlash mumkin:
1-tur — 25-noyabrdan 1-dekabrgacha
2-tur — 2-dekabrdan 8-dekabrgacha
3-tur — 9-dekabrdan 15-dekabrgacha
5. Haftalik savollar soni 50 tani tashkil etadi. Savollar malakali ekspertlar tomonidan shakllantirilgan. 50 ta savolni ishlash uchun 1 soat vaqt beriladi. Bunda bir ishtirokchi 1 ta turda faqat bir marta ishtirok eta oladi. Bir nechta telegram akkauntdan foydalangan qatnashchilarning natijalari bekor qilinib, olimpiadadagi ishtiroki cheklanadi.
6. Har haftada taqdim etilgan savollarni foydalanuvchilar ishlab, 15-dekabrga qadar ball yig‘ib boradilar.
7. 15-dekabrga qadar @poytaxtuzbot taqdim etgan savollardan eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Ballar teng kelib qolgan taqdirda ularning test ishlashga sarflagan vaqtlari inobatga olinib, g‘olib aniqlanadi. Ya'ni tezkorlik ham muhim ahamiyat kasb etadi.
8. Olimpiada g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlanadilar. Mukofotlar:
1-o‘rin — noutbuk
2-o‘rin — iPad
3-o‘rin — smartfon
Olimpiadada ishtirok etib, test ishlash yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish:
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida tashkil etilgan onlayn olimpiada 3 ta turdan iborat bo‘lib, har bir turni ishlash uchun hafta boshidan boshlab oxirigacha imkoniyat beriladi. Ya’ni savollar haftaning dushanba kuni @poytaxtuzbot telegram botida e’lon qilinadi. Ishtirokchilar esa hafta davomida o‘zlariga qulay kunda testni ishlashi mumkin. Bunda test ishlash boshlangach 50 ta savolni ishlashga 60 daqiqa vaqt beriladi. Olimpiadaning 1-turi 25-noyabrdan 1-dekabrgacha, 2-turi 2-dekabrdan 8-dekabrgacha va 3-turi 9-dekabrdan 15-dekabrgacha o‘tkaziladi.
Loyiha yoshlarga mo‘ljallangan bo‘lib, olimpiadada yoshlar, xususan, 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar qatnashishi mumkin. Agar 30 yoshdan kattalar olimpiadada ishtirok etib, g‘olib bo‘lishsa, ularga sovg‘a berilmaydi va undan keyingi ishtirokchilarning natijalari ko‘rib chiqiladi. 30 yoshdan kattalar bizni to‘g‘ri tushunishadi, degan umiddamiz, yoshlar mazza qilishsin :)
Bir ishtirokchi har bir turda faqat bir marotaba test ishlash huquqiga ega. Bunda bir nechta telegram akkauntdan foydalangan ishtirokchilarning natijalari haqiqiy emas deb topiladi va olimpiadada ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadilar.