"Bir million O'zbek dasturchilari" loyihasiga start berildi.

"Bir million O'zbek dasturchilari" loyihasiga start berildi.

Khilola Umarova
Foto: IT School

Bugun, 21-noyabr O'zbekiston yoshlari uchun unutilmas kun desak mubolag'a bo'lmaydi, chunki bugun muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan "Bir million O'zbek dasturchilari" loyihasiga start berildi. Loyiha, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi va IT Park tomonidan tashkil etilmoqda.

Foto: IT School

Loyihani ochib berish uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Oripov hamda Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari vaziri Muhammed al-Gergavi janoblari tashrif buyurishdi. Loyiha haqida Bosh vazirimiz Abdulla Nigmatovich bu loyihaning qanchalar muhim ekanligi, kelajakda IT sohasining O'zbekistonda rivojlanishi uchun muhim kadrlar kerakliligi to'g'risida alohida ta'kidlab o'tdilar. IT sohasidagi kadrlar "Kelajak kadrlari" degan muhim tashabbus olg'a surildi va Prezidentimiz tomonidan 5ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi aynan axborot kommunikatsiya-texnologiyalari haqidaligi Respublikamizda AKT'ga bo'lgan e'tiborni yaqqol ifodasi ekanligini anglatishi haqida ma'lumot berdilar.

Foto: IT School

So'zga Birlashgan Arab Amirliklari sun'iy intellekt (SI) vaziri Omar Bin Sultan Al Olama so'zga chiqib, bugungi kunda to'rtinchi sanoat inqilobi davri - sun'iy idrok, blokcheyn, va 5G kabi yangi texnologiyalar haqida aytib, muloqot qilish tarzi, jamiyat tushunchasi o'zgarib bormoqdaligini va tabiiyki, bu o'zgarishlar bilan global iqtisodiyotni ham o'zgartirib borishi va kelajak kadrlari kerakligini takidlab o'tdi.

Foto: IT School

Eslatib o'tamiz, loyihada ishtirok etishni xohlaganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari kerak bo'ladi.

https://uzbekcoders.uz




Report Page