Ona zaminga chigit qadaldi






Paxtachi tumanida 2023 yil hosili uchun chigit ekish ishlari boshlab yuborildi, Nodim Ziyovuddin MMTP hududida joylashgan "PAXTACHI KLASTER" MCHJning 10,3 gektarlik maydonida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarma boshlig‘i va tuman bo‘limi inspektorlari, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i va o‘rinbosarlari, tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi masalalalari bo‘yicha o‘rinbosari va mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jalik vakillari, "O‘zagroinspeksiya"ning tuman bo‘limi boshlig‘i va mutaxassislari hamda tuman muqobil MTP va fermer xo‘jaliklari raislar ishtirok etishdi.
2023 yil hosili uchun tumanida 8 ming 195 gektar yer maydoniga paxtaning iqlim hududiga mos, serhosil va ertapishar “Sulton”, “Buxoro-102” navlari ekilmoqda.
Chigit ekish mavsumini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish yuzasidan “O‘zagroinspeksiya”ning Paxtachi tumani bo‘limi va tuman O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limlari tomonidan doimiy monitoring-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.
O‘tkazilayotgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mavjud 215 ta fermer xo‘jaliklari va “Paxtachi klaster” MCHJ tomonidan 125 ta chigit ekish seyakalari mavsumga tayyorlanib, 2023 yil hosiliga zamin hozirlanayotgan ayni kunlarda 13 ta pnevmatik seyalkalar bilan chigitning sifatli ekilishi ta’minlanmoqda.