📚Ona tilim-ma'nolarga boy tilim

📚Ona tilim-ma'nolarga boy tilim

ESL Educator Mrs Maftuna


🔰PTMA Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Najmiddinova Nigora Amriddinovna tomonidan 7-sinf o'quvchilari ishtirokida ona tili fanidan " Otlarning luģaviy shakllari, ularning qòllanishi, imlosiga oid topshiriqlar bilan ishlash" mavzusida namunaviy ochiq dars tashkil qilindi.

1

Darsning har bir qismi o'ziga xos tashkil qilingan..Darsda o'quvchilar formasida milliylik va vatanparvarlik ruhi aks etib turar edi.

Dastlab tashkiliy qism she'riy uslubda nooodatiy tarzda boshlandi va bu darsga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

O'quvchilar alohida guruhlarga bo'lindi. So'ngra o'tgan mavzu takrorlanib,turli didaktik o'yinlar orqali mustahkamlandi.Darsning asosiy qismi - yangi mavzu qismi fanlararo bog'lanish orqali tushuntirildi.


Dars davomida foydalanilgan qiziqarli interfaol metodlar va didaktik o'yinlardan "Baliq ovi" ,"Qizaloqqa yordam" ,"Ha yoki yo'q" va "Quvnoq daqiqa" o'yinlari o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirib,ularni yanada faollashtirishda katta ahamiyat kasb etdi.




Dars yakuniy qismida o'quvchilar alohida baholanib,faol qatnashgan o'quvchilar rag'bat kartochkalari bilan taqdirlandilar.

Dars so'ngida o'quvchilar o'qituvchilarining o'tgan ona tili darsiga feedback yozib ketishdi.Ular o'z feedbacklarida ona tili fani orqali o'zlarining ona tillari - o'zbek tili bo'lganligidan faxrlanish tuyg'usini his qilishganliklarini,o'zbek tili juda ma'no-mazmunga boy til ekanligini ta'kidlab o'tishgan.


PTMA Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati.



Report Page