“Ona tilim – g‘ururim, faxrim” 

“Ona tilim – g‘ururim, faxrim” 

#Tuproqshunoslik va agrokimyo

Xalqning o‘zligini namoyon etuvchi qadriyatlaridan biri uning milliy tilidir. Til millatning yashashi va ravnaq topishining kafolati, kerak bo‘lsa asosiy sharti hisoblanadi.

Zotan, bugungi har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash maqsadida, avvalo, o‘z ona tilini asrab - avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiy. 

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “Ona tilim – g‘ururim, faxrim” shiori ostida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbir ham ayni shu masalalarga bag‘ishlandi. 

Bayram tadbirini Institut direktori Sh. Bobomurodov kirish so‘zi bilan ochib, 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan barchani muborakbod etdi, hamda yurtimizda o‘zbek tiliga berilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan muhim islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, Institut xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish, avvalo, tizimning o‘zida davlat tiliga yuksak e’tibor va hurmat ruhini shakllantirish masalalariga ham to‘xtalib, bu borada Institut va uning mintaqaviy bo‘linmalari oldingi saflarda bo‘lishi ta’kidlandi.

Shuningdek, mazkur tadbirga taklif qilingan O‘zbekiston milliy universiteti O‘zbek tilshunoslik kafedrasi dotsenti Alisher Ubaydullaev va talaba yoshlari tomonidan mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ona tilimizning rivojiga xizmat qiluvchi ulkan qadamlar tashlanganligi, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini tubdan oshirishga qaratilgan aniq va manzilli chora-tadbirlar ko‘rilganligi, ayniqsa, 21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilanganligi tarixiy voqelik bo‘lganligiga alohida urg‘u berildi.

Tadbirda so‘z olgan Institut xodimlari ham davlat tilining o‘rni va ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi hamda bayram munosabati bilan barchani tabriklab, tegishli tavsiya va takliflari bilan o‘rtoqlashishdi. 

Bayram munosabati bilan ishtirokchilarga Institut tomonidan chuqur minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar topshirildi. 




Report Page