Ona tilim - sarchashmangdan sarxush dilim

Ona tilim - sarchashmangdan sarxush dilim

Komiljonov Toirbek

Suvsiz daryo bo`lmaganidek tilsiz millat ham bo`lmaydi. Har bir millatning o`z vatani, allasi bo`lgani kabi uning jonajon va betakror ona tilisi ham bo`ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo`lsa, uning ona tilisi ham shunchalik aziz va qadrli bo`ladi. Til inson vujudiga, qon-qoniga singib oqadi. Biror millatga mansub til shu millat bilan birga yashaydi va bardavom bo`ladi. Aytaylik, biz O`zbekiston deya atalmish jannatmakon o`lkada tug`ilib o`sdik va tabiiyki go`daklik paytimizdan beri o`z ona tilimizda alla eshitganmiz. Ulg`ayganimiz sari ona tilimizda gapira boshlaymiz. Jamiki ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Har bir millatning o`ziga xos tili mavjud shuning uchun ham chet ellarda o`zbek tiliga qiziquvchilar va o`rganuvchilar soni ortib bormoqda. Hozirda O`zbekistonlik ko`plab yoshlar ham chet tillariga qiziqib, o`rganishmoqda. Xalqimiz shunday naql bor “Til bilgan – el biladi”. Yurtimizda turli xil millat tillari rivojlangan, masalan: ingliz, rus, arab, koreys, yapon va hokazo. Shu jumladan, O`zbekiston yoshlari orasida chet elga o`qishga ketayotganlar soni juda ko`p. Biz biron-bir mamlakatga sayohatga, o`qishga yoki ishlashga borishimiz uchun ham o’sha davlat tilini bilishimiz kerak. Agarda “O`zbek tilim - Ona tilim, dunyoda eng go`zal jarangdor va boy tilim”, “Dil idroki - til javhari, uni idrok etmak, til ila jarangdor so`zdir”- deb ta`riflasak ona tilimizga va til madaniyatimizga to`g`ri baho bergan bo`lamiz.

Ma`rifatparvar adibimiz Abdulla Avloniy “Har bir davlatning dunyoda borligini ko`rsatadigan oyna hayoti, tili, va adabiyotidir. Milliy tilni yo`qotmak – millatning ruhini yo`qotmakdir” – degan aniq va teran fikrlarni bayon etganda naqadar haq edi. Ishonchim komilki, o`zbek tili madaniyati jahon sivilizatsiyasida yanada ravnaq topib, uning jozibadorligi talaffuzi musiqaday jarangdorligi bilan jahon ahlini o`ziga rom qila oladigan xalqaro til darajasiga ko`tariladi va dunyo xalqlari bu tilni sevib o`rganib, samimiy hurmat qiladi.

Malika Tadjibayeva,

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili to’g’risidagi qonun

hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha Norin tuman hokimi maslahatchisi

Report Page