Ommaviy oferta

Ommaviy oferta


Diqqat! Aksiya quyidagi shartlar bajarilganda kuchga kiradi:



 

1. Umumiy qoidalar

 

1.1. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasiga muvofiq (ushbu oferta matni bo'yicha keyingi o'rinlarda – "O'zR FK" deb yuritiladi) ushbu hujjat jismoniy shaxslarga yo'llangan ommaviy oferta hisoblanadi va quyida keltirilgan shartlar qabul qilingan taqdirda jismoniy shaxs aksiya ishtirokchisiga aylanadi. O'zR FK 370-moddasiga muvofiq, quyida ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshirish Sotuvchining ofertani aksepti (qabul qilish) vaqti hisoblanadi. Aksept Shartnoma tuzishga teng deb hisoblanadi (ushbu oferta matni bo'yicha keyingi o'rinlarda – "Shartnoma").

1.2. Tashkilotchi/Sotuvchi va Ishtirokchi/Xaridor huquqdorligi va  ishga layoqatli ekanligini va Shartnoma tuzish va bajarish uchun zarur va yetarli bo'lgan barcha huquq va vakolatlarga egaliklarini kafolatlaydi.

1.3. Xaridor va Sotuvchi o'rtasidagi munosabatlarga O'zR FK qoidalari, O'zbekiston Respublikasining 26.04.1996 yildagi 221-I-sonli "iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasining (ushbu oferta matni bo'yicha keyingi o'rinlarda - "O'zR") amaldagi qonunchiligining boshqa normativ – huquqiy hujjatlari qo'llaniladi.

1.4. Sotuvchi ushbu ofertaga o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi, shu munosabat bilan Xaridor Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan ushbu ofertadagi o'zgarishlarning mavjudligini mustaqil ravishda nazorat qilish majburiyatini oladi. Sotuvchi ushbu ofertani o'zgartirish to'g'risidagi xabarnomani axborot xabari tarzida ular kuchga kiradigan sanadan kamida 3 (Uch) ish kunidan kechiktirmay ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishi shart.

1.5. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi bu bilan taqdim etgan ma'lumotlarini Tashkilotchi tomonidan  “Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Respublika qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo'lmagan hollarda, marketing va/yoki boshqa reklama faoliyatida, xususan, uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi yoki u haqidagi boshqa materiallardan reklama/marketing maqsadida bepul foydalanish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida nashr qilish (ismi va fotosuratini), Sovrinni olgan taqdirda ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma, audio va video materiallarni, OAV bilan intervyularni e'lon qilish, shuningdek, ma'lumotlar, xabarlar (shu jumladan reklama tabiatidagi) va hokazolarni yuborish uchun foydalanish hududi, vaqti va usuli bo'yicha hech qanday cheklovlarsiz foydalanilishiga roziligini tasdiqlaydi va bunday foydalanish Tashkilotchi tomonidan hech qanday tarzda qoplanmaydi.

 

2. O'tkazilish tartibi va ishtirok etish shartlari

 

2.1. Ushbu oferta orqali Tashkilotchi Mobiuz rasmiy diler (Shartnoma raqami 20170094/M) (ushbu oferta matni bo'yicha keyingi o'rinlarda "Tashkilotchi" deb yuritiladi) bilan birgalikda cheklanmagan doiradagi jismoniy shaxslarga Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni taklif etadi:

2.1.1. Aksiyaning boshlanish muddati 2022-yil 30-martdan boshlanadi.

2.1.2. Sovrinlar o'yini ishtirokchilar soni 100 000 (Bir yuz ming) ga yetganda boʻlib oʻtadi.

2.1.3. Ushbu aksiyaning amal qilish muddati davomida abonent oylik internet to`plamlarining 5000 mb (megobayt) miqdori yoki undan yuqori to`plamlariga ulanish orqali aksiya ishtirokchisiga aylanadi (Faqatgina Tashkilotchi tomonidan ko`rsatilgan kodlarni terish orqali aksiyada ishtirok etish mumkin).

2.1.4. Aksiyaning amal qilish muddati davomida OnNet xizmati - oylik internet to`plamlarining 5000 mb (megobayt) miqdori yoki undan yuqori to`plamlariga ulanish orqali aksiya ishtirokchisiga aylanadi (Faqatgina Tashkilotchi tomonidan ko`rsatilgan kodlarni terish orqali aksiyada ishtirok etish mumkin).

2.1.5. 2.1.3 hamda 2.1.4 - bandlarida ko'rsatilgan shartlar bo'yicha xizmatlarni sotib olish Xaridor tomonidan ushbu ofertani qabul qilish hisoblanadi. Ushbu harakatlarni amalga oshirishda Xaridor ushbu aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

2.1.6. Abonent yuqoridagi amallarni takroran, cheksiz ko‘p marta bajarish orqali o‘zining g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirish imkoniyatiga ega.

2.1.7. Abonent sotib olingan xizmatlar narxi mobiuz rasmiy saytida belgilangan narxi bilan bir xil bo`ladi. Bunda Tashkilotchi har bir ko`rsatilgan xizmatlar uchun xech qanday qo`shimcha haq talab etmaydi.

2.1.8. Xaridor yuqoridagi amallarni takroran, cheksiz ko‘p marta bajarish orqali o‘zining g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirish imkoniyatiga ega.

2.1.9. Sovrinlar oʻyini 2.1.2; 2.1.3 hamda 2.1.4 – bandlarda belgilangan shartlar bajarilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda to`g`ridan to`g`ri jonli efir orqali natijasi ko`rsatiladi G'oliblar random.org xizmati yordamida aniqlanadi. G'oliblarni aniqlash haqida qaysi vaqtda bo`lishligi Tashkilotchi tomonidan alohida xabar qilinadi.

2.1.10. G‘oliblarni aniqlash bo‘yicha jonli efir Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlarida https://t.me/mobiuz01 telegram manzili orqali xabar etiladi.

2.1.11 Yutilgan sovrinni olish uchun G'olib/Ishtirokchi Tashkilotchiga murojaat qiladi va tekshirish uchun o'zining pasport ma'lumotlari bilan birgalikda xizmatdan foydalangan sim karta raqami taqdim etadi.

2.2. Mukofot fondi Tashkilotchi tomonidan shakllantiriladi va quyidagilardan iborat:

- 30 mln so`m pul yutuq - 1 dona;

- Iphone 13 Pro Max - 5 dona;

- 1 mln so'm pul yutuq - 10 dona;

- 500 ming so'm pul yutuq- 30 dona.

2.3. Ishtirokchi g'alaba haqida xizmatdan foydalangan ko'rsatilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali xabardor qilinadi. Agar g`olib telefon qo`ng`irog`iga javob bermasa yoki boshqa sabablarga ko`ra u bilan bog`lanishning imkoni bo`lmasa, Tashkilotchi yana 3 (uch) marta qo`ng`iroq qilish orqali g`olib bilan bog`lanishga harakat qilish majburiyatini oladi. Agar Tashkilotchi G'olib bilan bog'lana olmasa, ushbu G'olibning sovg`asi Tashkilotchi tomonidan 30 kun davomida saqlab turiladi. Agar 30 kun davomida xizmatdan foydalangan telefon raqami orqali abonent Tashkilotchi bilan bog`lanmasa - yutuq sovg`asi xayriya fondlariga o`tqaziladi.

 

3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

 

3.1. Tashkilotchi quyidagi majburiyatlarni oladi:

3.1.1. ishtirokchi tomonidan ushbu oferta qabul qilingan paytdan boshlab, o'z majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash.

3.1.2. 2.3-bandga muvofiq G'olibni sovrin haqida xabardor qilish.

3.2. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega:

3.2.1. Agar Ishtirokchi o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni (pasport), shuningdek, xizmatda foydalangan telefon raqami sim kartasini taqdim etmasa, ariza beruvchiga sovrin berishni rad etish.

3.2.2. Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq G‘oliblar tomonidan sovrinlarni olishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovlarini to‘lash.

3.2.3. 4.1- bandida ko'rsatilgan shartlarni bajarish.

3.3. Ishtirokchi quyidagi majburiyatlarni oladi:

3.3.1. ushbu ofertani qabul qilishdan oldin - ushbu ofertada belgilangan mazmun va shartlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ko'rsatilgan boshqa shartlar bilan tanishib chiqish;

3.3.2.Sovrinni olishdan oldin Tashkilotchiga pasport, xizmatlarda foydalangan telefon raqamini - sim kartasini taqdim etish.

3.3.3. Yutib olingan sovrinni olish uchun tegishli sovrinlar o'yini o'tkazilgan vaqtdan boshlab 30 kalendar kuni ichida tashkilotchiga murojaat qiling.

3.4. Ishtirokchi quyidagi huquqlarga ega:

3.4.1. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan shartlar asosida yutib olingan Sovrinni olish.

 

4. Boshqa shartlar

 

4.1. Tashkilotchi Mobiuz mobil aloqa kompaniyasi bilan rasmiy diler hamkori bo'lgani sababli Mobiuz mobil aloqa kompaniyasi tomonidan oferta shartnomasining qaysidir bandiga qisman yoki to'liq e'tiroz bildirishsa Tashkilotchi aksiya shartlarini qisman yoki to'liq o'zgartirishga yo bo'lmasa to'xtatishga haqli.

4.2. Ushbu oferta Xaridor ofertani qabul qilishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

4.3. Agar 2.1.2; 2.1.3 hamda 2.1.4- band shartlari aksiya boshlangan kundan boshlab yil yakuniga qadar to'liq bajarilmasa, mavjud to'lov miqdori sarhisob qilinib boshqa miqdordagi sovrinlar ishtirokchi soniga qarab qayta hisoblanadi: 2.1.10 bandi va 2.1.11 - bandi bajarilishi ta'minlanadi.

4.4. Agar 2.1.2. bandi shartiga ko`ra 50% miqdoridan kam natijaga erishilsa, Tashkilotchi konkursni to`xtatish huquqini o`zida saqlab qoladi. Bunda ishtirokchi xech qanday zarar ko`rmaydi. Faqatgina olingan internet to`plamlaridan foydalanadi.

4.5. Ushbu Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik bilan bog'liq barcha nizolarni Tomonlar muzokaralar yo'li bilan hal qilishga harakat qiladilar.

4.6. Muzokaralar davomida kelishuvga erishilmasa, nizolar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal etiladi.

 


Report Page