“Ommaviy madaniyat”ning milliy ma`naviyatimizga ta`siri

“Ommaviy madaniyat”ning milliy ma`naviyatimizga ta`siri

RMMM Buxoro tuman bo'linmasi

"Ommaviy madaniyat"- millat ma`naviyati va madaniyati kushandasi!

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarorlari ijrosini hamda Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2022-yil 29-dekabrdagi 1/9272-sonli bayonining 5-ilovasida, Buxoro tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2023-yil 7-yanvardagi 01-bayonining 4-ilovasida mo‘ljallangan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tumandagi barcha bo‘lim, korxona va tashkilotlarda har hafta seshanba kuni “Ma’rifat soati” o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu sababli, joriy yilning 19-sentyabr kuni Buxoro tumanidagi korxona, tashkilot va ta'lim muassasalari, shuningdek, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro tuman bo'linmasi rahbari tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Buxoro tuman fliali hamda tuman 2-umumta`lim maktabida ““Ommaviy madaniyat”ning milliy ma`naviyatimizga ta`siri” mavzusida “Ma'rifat soati” o`tkazildi. Ma`rifat soatida Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tuman bo`linmasi hamda maktab o`qituvchi xodimlari ishtirok etishdi.

Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv jarayonini har tomonlama chuqurlashuvi va axborot texnologiyalarining takomillashib borgani sayin milliy madaniyat, milliy qadriyatlar va a’zaliy an’analarni saqlab qolish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi, bunda yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida, Gʻarbdagi ayrim «markazlar» boshqa davlatlar va xalqlar o‘rtasida Gʻarb hayoti «jozibalari»ni, jumladan, «ommaviy madaniyat» ta’sirini imkon qadar keng yoyishga harakat qilayotganligi, ushbu harakatning asosiy maqsadi insonlarni milliy madaniyatdan uzoqlashtirish, dunyoni bir tizimga solib standart holatda, bitta oqim bo‘ylab harakatlanishini ta’minlash va antimilliy g‘oyalarini osonlikcha singdirish, ma’naviy begonalashuvni yuzaga keltirishdan iborat ekanligi haqida aytib o`tildi.

Bosh mutaxasiss J.Murodov "Ma`rifat soati" yuzasidan tuman 15-umumta`lim maktabida ma`ruzasida “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm va egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni yo‘q qilishga qaratilgan ma’naviy tahdidlar odamlarni tashvishga solmay qo‘ymayotganligi, bunda ayniqsa, “ommaviy madaniyat” milliy madaniyat va mamlakatimiz kelajagi uchun rahna solar ekan, ushbu jarayonga befarq qarab tura olmasligimizni yoshlarga tushuntirib berdi.

"Ma`rifat soati"da bugun “ommaviy madaniyat”ni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilsak, “ommaviy madaniyat” ya’ni pop-madaniyat – jamiyatda aholining keng qatlamlari orasida yoyilib, ustuvor bo‘lgan madaniyat hisoblanadi. “Ommaviy madaniyat” mohiyatiga ko‘ra aholi aksariyat qismining hayotini tashkil etgan voqea-hodisalar, intilishlar va ehtiyojlar bilan to‘lib toshgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, zamonaviy “ommaviy madaniyat”ning maqsadi insonlarni milliylikdan uzoqlashtirish, dunyoni bir tizimga solib standart holatda, bitta oqim bo‘ylab harakatlanishini ta’minlashdan iborat, bo‘lib u makon, yosh, jins va millat tanlamaslik xususiyatiga egaligi haqida ham so`z bordi.

10-umumta`lim maktabi
21-umumta`lim maktabi
34-umumta`lim maktabi
33-umumta`lim maktabi
36-umumta`lim maktabi

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatimizda yosh avlodni zararli oqimlar ta’siridan himoyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilishi zarur, chunki ommaviy madaniyatga, u bilan yopirilib kelayotgan ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlariga milliy madaniyatni, milliy tarbiyani, milliy ma’naviyatni, ota-bobolarimiz e’tiqod qilib kelgan islomiy qadriyatlar bilan qarshi tura olamiz.


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Buxoro tuman bo‘linmasi


Report Page