Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi sessiya si bo'lib o'tdi.
Sessiya ishida sektor rahbarlari, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, siyosiy partiya rahbarlari hamda ommaviy axborot vosita vakillari ishtiriok etdi.
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi yuzinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga 23 ta masala kiritildi.
Jumladan «2023-yil davomida, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jinoyatchilikga qarshi kurashish, yo‘l harakati, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan tuman IIB boshlig‘i D.G.Xusanovning xisoboti bilan boshlandi.
Quyi Chirchiq tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri Mirolimov G‘ayrat Mirobidovich axboroti tinglandi.
Tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Gamletov Davronbek Ulug‘bek o‘g‘lining Tuman Adliya bo‘limining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 1-mart kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan vidioselektor yig‘ilishining 18-sonli Bayonnoma ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori asosida Quyi Chirchiq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Ayollar daftari”ning 4-bosqichidagi xotin-qizlarni ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida” tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Kamalova Fotima Muxamadaliyevnaning xisoboti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati Kengashining "Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish xolatini o‘rganish, bu borada mahalliy kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori to‘g‘risida” Davlat kadastrlari palatasi Quyi Chirchiq tumani filiali boshlig‘i Isroilov Shamsiddin Mirkamolovichning axboroti.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan” tuman MIB bo‘limi boshlig‘i Abdinazarov Xudoyberdi Tilovovichning xisoboti,
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi PQ-666-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” va “Saxovat va Ko‘mak” jamg‘armasida turgan mablag‘ni sarflash to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Uskanbayev Kamoliddin Abdumannabovichning xisobotilari tinglandi.
Sesiya qizg‘in baxs-munozarlar qizg'in tarzda o‘tdi.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram 🌐WebSayt 🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook