Olti oy ichida egallash mumkin boʻlgan kasblar. Masofadan ishlash yoki oʻz ishingizni boshlash imkoniyati bilan.

Olti oy ichida egallash mumkin boʻlgan kasblar. Masofadan ishlash yoki oʻz ishingizni boshlash imkoniyati bilan.

 

Kibersport oʻyinlari boʻyicha boshqaruvchi, sinov ustasi, video muharriri, veb-dizayner — bu bir necha oy ichida egallash mumkin boʻlgan kasblar. Tajriba va asosiy ma’lumot talab qilinmaydi (video oʻyinlar va texnikaga qiziqish boʻlsa boʻldi). Ushbu koʻnikmalar sizga masofadan yoki moslashuvchan ish jadvaliga ega kompaniyada ishlashga yoki oʻz ishingizni boshlashingizga imkon beradi. Quyida sizni qiziqtirishi mumkin boʻlgan kurslar haqida ma'lumot beramiz.

Aytish joiz, pandemiya butun dunyoda mehnat bozorini oʻzgartirib yubordi. Oʻtgan bir yil ichida u tufayli koʻpchilik ishsiz qoldi. Koʻpgina sohalarda kompaniyalar ishchilarni qisqartirishiga toʻgri keldi. Ammo ayrim sohalarda buning aksini koʻrishimiz mumkin. Masalan, IT sohasida ish oʻrinlari koʻpayib ketdi. Koʻpchilik yangi kasbni egallashni xohladi, ayniqsa, masofadan turib ishlash va inqiroz paytida daromadni tejashga imkon beradigan kasblarni.

 

Sinov ustasi (mahsulotlarni sinovdan oʻtkazuvchi mutaxassis)

 IT sohasida oz vaqt ichida oʻz joyingizni topishning eng oson usuli bu sinov ustasi kasbini egallashdir. By kasb egasi turli dasturlar va ilovalardagi xatolar va nosozliklarni tekshirish bilan shugʻullanadi. Texnik ma’lumot boʻlmasa ham, sinov ustasi, sinovchi (tester) boʻlishni oʻrganish oson deb hisoblanadi. Shuni yodda tutish kerakki, dastlab katta ish haqi boʻlmaydi. Ammo siz doimiy ravishda oʻsib borishingiz mumkin, IT sohasida koʻplab ish oʻrinlari mavjud, shu jumladan uyda ishlash imkoniyati bilan.

Siz tomondan kerak boʻladigan narsalar – kompyuter va undan ishonchli foydalanuvchi koʻnikmalari. Texnik ma’lumotingiz boʻlsa, bu siz uchun katta afzallikdir, chunki usiz oʻqish biroz qiyinroq kechadi va ishingizdan zavq olmasligingiz ham mumkin.  

Sinovchining vazifasi - xatolarni qidirish, ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan modulni buzadigan narsalarni qidirib topish. Agar siz narsalarni buzishni va ularni qismlarga ajratishni yaxshi koʻrsangiz, ular qanday ishlashini, nima yaxshi ishlamayotganini koʻrishni istasangiz, unda bu kasb sizga yoqadi. Sinov ustalari koʻpincha kompaniyalarning islab chiqish boʻlimlarida ishlaydi. Biroq, frilans boʻyicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud: mijozlar mahsulotlarni yuklaydigan saytlar mavjud boʻlib, u erdagi xatolarni topish uchun ular pul toʻlaydilar.

 

Frontend-ishlab chiquvchi

 IT sohasida oz vaqt ichida oʻz joyingizni topishning yana bir oson usulidir. Biroz murakkabroq. Frontend-ishlab chiquvchilar mahsulotning tashqi qismini - dastur yoki veb-saytni yaratadilar. Ular dasturlashni oʻrganishadi (sinov ustalariga bunga ehtiyoj yoʻq). Ushbu kasb egalari sinov ustalariga qaraganda koʻproq maosh olishadi.

 

Video muharrir

 Video - tez suratlarda ommalashib borayotgan yoʻnalish. Albatta, video bilan ishlash uchun dasturlar ancha soddalashtirildi va hozirgi kunda har qanday foydalanuvchi videolarni tahrirlay olishi mumkin boʻlib qolgan. Ammo sifatga boʻlgan talab hamon saqlanib qolmoqda. Video muharrir kasbi ishhonada ham uyda ham ishlash imkoniyatini beradi.

Ikki-uch oy ichida kasb asoslarini oʻrganishingiz va darhol mehnat faoliyatingizni boshlashingiz mumkin. Chunki hozirda ijtimoiy tarmoqlarning oʻta ommalishib borayotgani bu kabi mutaxassislarga talabni quchaytirib yuborgan.

Sizga oʻqish va ishlash uchun katta hajmdagi videolarni tahrirlash dasturlarini saqlay oladigan kompyuter kerak boʻladi holos.

 

Veb-dizayner

Veb-dizayn kursi pandemiyaning birinchi toʻlqinida talab oshgan beshta kursdan biridir. Hali ham bu yoʻnalishga talab oʻzgargani yoʻq. Mahsulot va veb-dizayn (UI/UX, mobil va ish stoli dasturlari dizayni), interaktiv dizayn (UI animatsiyasi, VR/AR) va grafik dizayn eng mashhur kurslardir. Ammo olti oy ichida faqat veb-dizayn yoʻnalishini egallashingiz mumkin. Bu kasb egalari uchun ham  professional dasturlarni saqlay oladigan kompyuter kerak. 

 

Targetolog

Ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni yoʻnaltiradigan mutaxassislar - targetologlar. Odamlar fikricha, targeting (yoʻnaltirish, tartiblash) kursi – yangi kasb egallash va uyda ishlashni boshlashning tezkor usuli. Agar sizda yakka tartibdagi ish bilan shugʻullanish ishtiyoqi boʻlsa yoki siz oʻz blogingizni rivojlantirishni hoxlasangiz - bu siz uchun.  

Soʻnggi yillarda marketing bozorida ijtimoiy tarmoqlarni ommalashtirish boʻyicha mutaxassislar juda koʻpayib ketgan va ular oʻrtasidagi raqobat juda katta. Ammo kichik va oʻrta biznes segmentida doimiy ravishda yangi kadrlar talab qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlar ular uchun mahsulotlarini ommalashtirishga yordam beradigan  platformadir.

 

Kibersport oʻyinlari boyicha boshqaruvchi

 Agar siz video oʻyinlarni yaxshi koʻrsangiz va biror yangi kasb egallashni oʻylayotgan boʻlsangiz, unda kibersport oʻyinlari boʻyicha boshqaruvchi boʻlish haqida oʻylab koʻring. Bu kasb egalarini media-menejerlar deb ham atashadi va ular kontentni etakchi muharrir sifatida yaratishi va uni sotuvchi sifatida targʻib qilishi ham mumkin. Shundek, kibersport oʻyinlari auditoriyasini tahlil qiladi va marketing strategiyasini aniqlaydi. Hozirgi vaqtda media-menejerlar soni juda koʻp, ammo kibersport yoʻnalishini tushunadiganlar barmoq bilan sanoqli.

 

Ma’lumotlar tahlilchisi

IT sohasida biror tajribaga ega boʻlmay faoliyatni boshlash mumkin boʻlgan yoʻnalish. Koʻpchilik bu soha qiyin, unga texnik ma’lumotsiz kira olish imkoni yoʻq deb oʻylaydi. Ammo bu unday emas, tahlilchilar bazalardagi ma’lumotlarni biznes vazifalar echimi uchun tushunarli natijalarga aylantirishlari kerak. Texnik baza qisqa vaqt ichida oʻrganiladi.

Oʻrganishda eng kam vaqtni ma’lumotlar tahlilchisi (katta ma’lumotlarni tahlil qiluvchi BI-tahlilchisi) va marketolog-tahlilchi kurslari oladi. Kurs kamida olti oydan etti oygacha davom etadi.

 

 


Report Page