Olot tumanida "Ma'rifat soati" o'tkazildi

Olot tumanida "Ma'rifat soati" o'tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviyma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi 2024-yil 25-yanvardagi 1/35-sonli bayonining 5-ilovasi asosida viloyatda 2024-yil “Ma’rifat soati”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha joriy yilning 21-may kuni 18 may – “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan “Muzeylar – jonli tariximiz ko‘zgusi” hamda “Xayr maktabim, salom katta hayot!” mavzularida “Ma’rifat soati” o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Olot tumanidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda 18 may – “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan “Muzeylar – jonli tariximiz ko‘zgusi” hamda “Xayr maktabim, salom katta hayot!” mavzularida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Xalqaro muzeylar kuni ― har yili 18-may kuni nishonlanadigan bayramdir.

Xalqaro muzeylar kuni butun dunyo boʻylab, 1977-yilda Moskva va Leningradda ICOMning (International Council of Museums — Xalqaro muzeylar kengashi), 11-Bosh konferentsiyasi kengashi boʻlib oʻtgandan beri nishonlanadi.

1977-yilda muzey jamoatchiligi maxsus tadbir tashkil qilishni xohlashadi va shu asnoda Xalqaro muzeylar kuni tadbiq etilgan. Rezolyutsiya xuddi shu 1977-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Xalqaro Muzeylar Kengashining (ICOM) Bosh Assambleyasida qabul qilingan.

Bayramning maqsadi zamonaviy muzeylarning salohiyati va tarixiy-madaniy merosini ko‘rsatish, keng auditoriya o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy va ta’lim ishlarini olib borishdan iborat. An’anaga ko‘ra, bayramga yangi ko‘rgazmalar, ma’lum mavzuga bag‘ishlangan festivallar, «muzeyda tun» dasturi, ma’ruzalar, teatr tomoshalari, bepul ekskursiyalar, ilmiy o‘qishlar o‘tkaziladi.

1992 yildan e’tiboran Xalqaro muzeylar kuni bayrami ma’lum bir mavzuga bag‘ishlab nishonlanadi. Masalan, 2018 yil bayram mavzusi «Muzeylar giperkommunikatsiya davrida: yangi yondashuvlar, yangi auditoriya» deb nomlangan edi. O‘tgan yili «Muzeylar kuchi» mavzusida nishonlangan bo‘lsa, joriy yilda «Muzeylar, barqarorlik va farovonlik» mavzusida nishonlanadi.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Olot tuman bo'linmasi.


Report Page