Olmos elektr tokini o‘tkazadi!
Olmos dunyodagi eng qattiq modda hisoblanadi, ammo shunga qaramay Gongkonglik olimlar juda kichik-nanoo’lchamli olmoslarni cho'zish usulini topishga muvaffaq bo'lishdi. Bu usul natijasida: olmosning fizik xususiyatlari o'zgaradi, natijada bunday olmoslar yuqori elastiklik xususiyatiga erishadi.

Tadqiqotlarga ko'ra, mexanik kuchlanish ta'siri natijasida olmosni deformatsiyaga olib keladi (olmosning taqiqlangan kengligi pasayadi), ya'ni olmos elektr tokini o’tkazuvchi(aniqrog'i yarimo'tkazgich)ga aylanadi. Deformatsiya natijasida olmos xususiyatlarining o’zgarishi, uning elektr va optik asboblarda qo’llanilishini kengaytiradi.

Olmoslar ko'chki-tranzit diodlar (KTD), lazerli diodlar, issiqlik batareyalar, sirt akustik to’lqinlarda ishlaydigan tovush simlar, aerokosmik sanoat uchun mo’ljallangan asboblar va shunga o’xshash ko’plab sohalarda o’z tadbqini topdi.
