Olmazor tumanida “Yashil makon” tadbiri bo`lib o`tdi  

Olmazor tumanida “Yashil makon” tadbiri bo`lib o`tdi  

O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti

Ma’lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida har yili bahor va kuz mavsumida yurtimiz bo’ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu yil ham bahorgi mavsumda yurtimiz bo’ylab 125 million tup daraxt ko’chatlarini ekish rejalashtirilgan bo’lib bugungi kunda yurtimzida ushbu reja asosida ishlar oxirlab qoldi.

Jumladan, bugun O’zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamda Ovchilar uyushmasining Toshkent shahar bo’limi bilan hamkorlikda poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 224-sonli umumta’lim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamda Ovchilar uyushmasi vakillari, Nodavlat Notijorat tashkilotlari milliy assotsatsiyasining Toshkent Shahar hududiy bo`linmasi, Òzbekiston ekologik harakati, “Yoshlar va ayollar qanoti” yetakchilari, ekofaol yoshlar, maktab ma’muriyati hamda o`quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida maktab hududiga olma, gilos, shaftoli va yong’oq kabi 100 tupdan ziyod mevali daraxt ko’chatlari ekildi.

 Ma’lumot uchun bahorgi mavsum doirasida poytaxtimizda 600ming tup daraxt ko’chatlari ekish rejalashtirilgan bo’lib, 17 aprel holatiga ko’ra 645ming tup ya’ni 108 foiz rejadan ortig’i bilan mevali va manzarali daraxtlar hamda gul ko’chatlari ekildi.

O`zbekiston Ekologik partiyasi

Toshkent shahar Kengashi 

Report Page