Oliy va professional taʼlim sohalarini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

Oliy va professional taʼlim sohalarini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

@eduuz

Ayni kunlarda Qozogʻiston Respublikasining Nursulton shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim” loyihasi doirasidagi xalqaro seminar boʻlib oʻtmoqda.

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakillari, Pedagogik innovatsiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti mutaxassislari, Oʻzbekiston oziq-ovqat uyushmasi va boshqa ish beruvchi tashkilotlar masʼullari ishtirok etmoqda.

Seminarda loyiha yuzasidan 2022/2024-yillarda oliy va professional taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlaridan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston uchun 10 mln. yevro mablagʻ ajratish belgilangani taʼkidlanib, bu mablagʻ asosan professional taʼlim sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilishi qayd etildi.

Shuningdek, loyiha doirasida oziq-ovqat va logistika sohasida Germaniya tajribasi asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, pedagoglar malakasini oshirish hamda professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim shaklida mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr almashildi.

Report Page