Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun ta’lim kreditlari ajratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun ta’lim kreditlari ajratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

MoliyaPress

Xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyati kengaytirish va qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishi uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 457-son qarorlari qabul qilindi.

Unga muvofiq xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan foizsiz ta’lim kredit ajratish tartibi joriy qilindi.

Bunda, talaba va bank o‘rtasida 14 foizli ta’lim krediti ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi. Ushbu kredit bo‘yicha foiz stavkalari to‘liq davlat budjetidan qoplanadi. Ta’lim kreditini rasmiylashtirgan xotin – qizlar rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida rasmiylashtirilgan kreditning asosiy qarz qismini qaytaradilar.

Imtiyozli ta’lim kreditini rasmiylashtirish uchun quyidagilar talab etiladi:

- imtiyozli ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi tijorat bankiga ariza;

- kredit oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;

- Ta’lim muassasasining to‘lov-kontrakt shartnomasi;

- kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri) yoki uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchining tijorat bankining kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq imtiyozli ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjati.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan imtiyozli ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan quyidagi 12 ta tijorat banki xozirda talabalarga foizsiz ta’lim krediti ajratish uchun Moliya vazirligi bilan Bosh bitim imzolagan:

Mikrokredit bank;

Asaka bank;

Agrobank;

Xalq banki;

Ipoteka bank;

Qishloq qurilish bank;

Turon bank;

Oriyent finans bank;

Milliy bank;

O‘zsanoatqurilishbank;

Hamkorbank;

Aloqa bank;

Hurmatli fuqarolar !

Ta'lim kreditini rasmiylashtirishda muammaolar yuzaga kelsa quyida keltirilgan raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page