Oliy maktabda Senior Experten Service mutaxassisi mahorat darsi bo‘lib o‘tadi

Oliy maktabda Senior Experten Service mutaxassisi mahorat darsi bo‘lib o‘tadi

GraduateSchoolPress

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Yevropaning SES tashkiloti (Senior Experten Service) mutaxassisi, Aalen universiteti professori janob Ulrix Holtsbaurning kelishi munosabati bilan davra suhbati rejalashtirilmoqda.

Tadbirda Xalqaro moliya institutlari (XMI), loyihani amalga oshirish guruhlari (LAOG), loyiha ofislari vakillari ishtirokida, yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mavjud amaliy tajribani tarqatish, bu boradagi muammolarni ko‘rib chiqish va ularni hal etish yo‘llarini topish, shuningdek rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish maqsadi qo‘yilgan.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi 


 


Report Page