Oliy harbiy ta'lim muassasalari uchun hujjatlar

Oliy harbiy ta'lim muassasalari uchun hujjatlar


-OHTMga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 31 martigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

-OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

-ariza (bildirgi);

-chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;

-nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

-anketa;

-o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;

-ota-onasining OHTMga o‘qishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);

-3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);

-OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).

-Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:

-shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

-tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

-ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.


Report Page