Oliy hamshiralik ishi

Oliy hamshiralik ishi


Oliy hamshiralik ishi taʼlim yoʼnalishi fan va sog'liqni saqlash sohalariga tegishli yo'nalish bo`lib, sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o'rtasida o'tkir va surunkali kasalliklaming tarqalishini oldini olish, sog'lom turmush tarzini targ`ibot qilish, zamonaviy usullardan keng foydalangan holda bemorlari sog'lomlashtirish bo'yicha asosiy muammolarni hal qilish, sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish bo`yicha kompleks masalalar bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. O’qish muddati 4 yil. 

Oʼquv dastur maqsadi:

Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinikoldi va klinik fanlari boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalar berish. Oliy malakali hamshirani tayyorlash.

Natija:

4 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar oliy hamshiralik diplomiga ega boʻladilar. Bitiruvchilar taʼlimni magistraturada 1 mutaxassislik boʻyicha davom ettirishlari mumkin boʻladi.

Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:

  • 1-2 kurslarda talabalar tibbiy-biologik fanlar (odam anatomiyasi, tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, fiziologiya, hamshiralik ishi va b.)
  • 3-4 kurslarda talabalar klinikoldi va klinik fanlar (terapiyada hamshiralik ishi, hamshiralik ishini boshqarish, yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi, jarroxlikda hamshiralik ishi va b.)

Hamshiralik ishi taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

  • Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash (yoʻnalishlar boʻyicha)mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirish mumkin.
  • Shuningdek, oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.
  •  




Report Page