Oliy Majlis deputatlari va O‘zLiDeP faollari SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi

Oliy Majlis deputatlari va O‘zLiDeP faollari SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi


Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Navro‘z Rizayev, O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi raisi Ilhom Botirov va boshqa partiya faollari Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida deputat N.Rizayev mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, ayniqsa malakali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni jadal rivojlantirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida katta ishlar olib borilayotganligiga to‘xtaldi.

Muloqot davomida deputat N.Rizayev yurtimizda maktab tizimi hamda xususiy MTTlarning o‘rni, kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar yuritdi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi rahbari I.Botirov partiyaning o‘z dasturiy, shu jumladan saylovoldi dasturidagi maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Jarayonda filial o‘qituvchi va talabalari tomonidan O‘zLiDeP safiga kirish takliflari bildirildi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari eshitildi.


SamDU Kattaqo’rg’on filiali

             Axborot xizmati


Report Page