Oliy Majlis Senati Raisi Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi

Oliy Majlis Senati Raisi Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi


Tanzila Narbayeva dastlab Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdi. Institut rektori Bahodir Sobirov ilmiy salohiyat, institutda erishilayotgan yutuqlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Shundan soʻng Tanzila Narbayeva professor-oʻqituvchilar va talaba yoshlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi mazmun-mohiyati, unga kiritilayotgan normalarga to'xtalib o'tdi. Barcha islohotlar bir maqsadga – har bir insonning ushbu yurtda erkin yashashi va barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilganini, Konstitutsiyani yangilash ehtiyoji ham aynan amalga oshirilgan oʻzgarishlardan kelib chiqqanligi alohida taʼkidlandi. 

Faol talabalar ham Oʻzbekistondagi doʻstona muhit, tinchlik, ahillik, taʼlim olishga boʻlgan eʼtibor, xalqchil siyosat haqida oʻz fikrlarini bildirdilar. Shundan soʻng tadbirni badiiy qismiga navbat berilib, institut professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan kuy-qoʻshiqlar taqdim etildi va yigʻilganlarni raqslarga chorladi.



Report Page