O'ktam Kamalov - O'zbekman

O'ktam Kamalov - O'zbekman

@NematilloOchilov

Musulmonman islom dinim bor,

Turkiy zabon ona tilim bor,

Yer yuzining hamma joyida,

O`zbek degan oga-inim bor.


Ildizi baquvvat o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.

Ildizi baquvvat o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.


Dunyoni titratgan bir zaman,

U mani sohibqiron Temur bobom,

Sheriyat shohidir Navoiy,

Hadislar sultoni Buxoriy.


Bobolari buyuk o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.

Bobolari buyuk o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.


Urush yillar qiyinchilik payt,

Qizg`anmasdan bo`lgan oshini,

Xar millatning yetim bollarini,

Bolam deb silagan boshini.


Ha men o`sha, o`sha o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman,

Oqibati osmon o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.


Hech qachon o`zliging unutma,

Tarixing ona tiling unutma,

Xar qanday sharoit bo`lsa xam,

Do`stim o`zbekliging unutma.


O`z yurtiga qalqon o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman,

Tinchlik uchun polvon o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.


Qaysi yurtda bo`lsang xam o`rtoq,

Sen kimsan deb so`rashsa nogoh,

G`urur bilan faxr bilan ayt,

Men o`zbekman alhamdulilloh.


Millat uchun qalqon o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman,

Do`stlik uchun polvon o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.


Har millatga cheksiz hurmatim,

Har millatga bor muxabbatim,

Xalqim uchun vatanim uchun,

Jonim fido, fido xizmatim,

O`z xalqini sevgan o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.


Ildizi baquvvat o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.

Bobolari buyuk o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman.


O`z xalqiga qalqon o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman,

Tinchlik uchun polvon o`zbekman,

O`zimga xon o`zimga bekman,

Xa men o`sha, o`sha o`zbekman.

Report Page