Okkamning ustarasi

Okkamning ustarasi

Abdulaziz Bekturdiev

Bir xil darajada bashorat qiladigan raqobatdosh elementlar orasida eng kam taxminlarga ega bo'lganini tanlash kerak.


Kelib chiqishi

Okkam ustarasi (lotincha: lex parsimoniae "parsimoniya qonuni") muammoni hal qilish prinsipi bo'lib, muammoga raqobatdosh faraziy javoblar taqdim etilganda, eng kam taxminlarni keltirib chiqaradiganini tanlash kerak. Bu g‘oya ingliz fransiskalik rahibi, sxolastik faylasuf va ilohiyot olimi bo‘lgan Uilyam Okhemlik (taxminan 1287–1347) ga tegishli.


Ishlatilishi

Qonunni soddalashtirsak, unga quyidagicha ifoda berishimiz mumkin - "Elementlar zaruratdan tashqari ko'paytirilmasligi kerak". Dizayner sifatidagi ishimizga qo'llanilganda, "Okkamning ustarasi" bizni murakkab muammolarga oddiy va sodda echimlar orqali yondashishga undaydi.


Faqat kerak bo'lganda murakkablikga murojaat qilib, biz dizaynlarimiz UXga qiymat qo'shmaydigan ortiqcha elementlardan xoli bo'lishini ta'minlay olamiz.


"Okkamning usatara"si prinsipidan foydalanishning bir usuli - har bir dizayn elementini uning zaruratidan kelib chiqqan holda baholashdir. Dizayn jarayonida biz doimo o'zimizga savol berishimiz kerak: "Kontentni topish va foydalanuvchi bilan samarali muloqot qilish imkonini beradigan foydalanuvchi interfeysining minimal miqdori qancha?". Yoqimli animatsiyalarni qo'shib interfeys qulayligini oshirmoqdamiz, deb xato qilish oson. Haqiqat shundaki, siz to'siq bo'lishi mumkin bo'lgan keraksiz murakkablikni kiritayotgan bo'lishingiz mumkin.


Dizaynning murakkabligini kamaytirish usullari mavjud bo'lsa-da, eng yaxshi yondashuv birinchi navbatda undan qochishdir. Asosiysi, eng oddiy yechimdan boshlash va faqat kerak bo'lganda murakkablikni kiritishdir.


Xulosa

  1. Murakkablikni kamaytirishning eng yaxshi usuli birinchi navbatda undan qochishdir.
  2. Har bir elementni tahlil qiling va umumiy funksiyalarni buzmasdan iloji boricha ortiqcha elementlarni olib tashlang.
  3. Barcha ortiqcha elementlarni olib tashlagandan keyingina, dizaynni tugatishni ko'rib chiqing.


Manba -----> https://lawsofux.com/occams-razor/

Manba -----> https://www.interaction-design.org/literature/article/occam-s-razor-the-simplest-solution-is-always-the-best

Manba -----> https://jonyablonski.medium.com/designing-with-occams-razor-3692df2f3c7f

Report Page