Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hududlarda o'rganish ishlarini olib bormoqda

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hududlarda o'rganish ishlarini olib bormoqda


Bugun Respublika Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi o'rinbosari Mukarram Nurmatova Jizzax viloyati mahallarida bo'lib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan ayollar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish maqsadida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasbga oʻqitish va bandligini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-376-sonli qarorlari yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar yuzasidan o'rganish ishlarini olib bordi.

Avvalo Jizzax shahridagi Alisher Navoiy mahallasida bo'lib, u yerda oʻquv amaliy seminarida ishtirok etdilar. Seminarda hududdagi barcha mahalla xotin-qizlar faollari qatnashdi va A.Navoiy mahalla yettiligi misolida o‘zlariga tegishli bo‘lgan ish tajribalarini o‘rganishdi.


Seminarning tashkil etilishi xotin-qizlar bandligini ta’minlashda va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etilishida yuzaga keladigan ayrim muammolarning yechimini topishda ayni muddao bo‘ldi.  Ayollar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida imtiyozli davr bilan etti yil muddatga yillik 14 foiz stavkada jami 100 million aqsh dollari ekvivalentida, shundan AT «Xalq banki»ga 35 million aqsh dollari, «Biznesni rivojlantirish banki» atbga 35 million aqsh dollari va «Mikrokreditbank»atbga 30 million aqsh dollari miqdorida kredit resurslari ajratilganligi haqida axborotlar berildi.

Shundan so'ng, Oila va xotin-qizlar boshqarmasida boshqarma xodimlari, shahar va tumanlar hokimi o'rinbosarlari ishtirokida zoom yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda yuqorida qayd etilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari yuzasidan mahallalarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha dasturlarning shakllantirilishi, xonadonma-xonadon yurish orqali ayollar va oilalarga tegishli muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni tasniflash orqali ularni mahalla, tuman, viloyat va respublika darajasida hal qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha ishlar holatini o‘rganish va, tegishliligi bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Kunning ikkinchi yarmida Qo'mita raisi o'rinbosari Paxtakor tumani Oqbulok mahallasida 2024-yil 7-martdagi PQ-122-sonli qarori va 2024-yil 8-apreldagi 10-sonli bayonnoma ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar o'rganildi.


🔹O'rganish davomida hududda hozirgi kunda 3875 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 1925 nafarini ayollar tashkil etadi. Shu kunga qadar 235 nafar ishsiz ayollar aniqlanib,129 nafarining bandligi ta'minlangan, qolgan fuqarolarning bandligini ta'minlash choralari ko'rilmoqda. Hududda 2023-2024-yil o'tgan davri mobaynida ajrimlar va xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilik kuzatilmagani aniqlandi.

Shuningdek, kasb-hunar o‘rganishga jalb qilingan ishsiz xotin-qizlar, ehtiyojmand ayollar, shuningdek, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda tashkil etilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati bilan tanishildi, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati

Report Page