“Oila” markazi rahbari Germaniya xalq universitetlari assosatsiyasi rahbari bilan uchrashdi

“Oila” markazi rahbari Germaniya xalq universitetlari assosatsiyasi rahbari bilan uchrashdi

@Oilamarkazi

2019-yil 7-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida D.G.Toshmuhammedova bilan Germaniya xalq universitetlari assotsatsiyasi(DVV) rahbari Tatyana Zaichenkolarning uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar davomida Germaniyaning kattalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni oila institutini mustahkamlashga oid qonun ijodkorligiga jalb etish borasidagi nostandart ta’limi doirasidagi tajribasini o’rganish masalasida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida kattalarga ta’lim berish tamoyillari va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib kadrlarni tayyorlash dasturini takomillashtirish va mutaxasislarning malakasini oshirish, bu uchun ilmiy va amaliy bazani kuchaytirish, oiladagi oilaviy va shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, oiladagi qiyin va baxsli vaziyatlarni konstruktiv hal etish mexanizmlarini joriy qilish, huquqiy va ijtimoiy himoya tizimlari va mexanizmlari samaradorligini oshirish, ota-onalari yoki vasiylari fuqarolik, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan, voyaga yetmagan bolalarni psixologik qo’llab-quvvatlash – kabi masalalarda suhbat olib borildi.

Muzokaralar oxirida tomonlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlashga doir, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ijtimoiy-huquqiy qo’llab-quvvatlashda idoralararo hamkorlikni ta’minlashga doir amaliy chora-tadbirlarni rejalashtirishdi.


Report Page