Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh

Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh


15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya  medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 15 – may kuni O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 15 may kuni, jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyusiyaga muvofiq 1994 yilning 15 mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanadi.

Tadbirda universitet rektori X.B.Yunusov talaba yoshlarning dunyoqarashida ijobiy o‘zgarishlar yuz berib borayotganligi xususida fikr bildirar ekan, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy oilaviy qadriyatlarga sodiq, o‘z oilasining ori-vijoni, kasbiga sadoqatli bo‘ladigan mutahassislarni tarbiyalashda Oila-mahalla-ta’lim muassasi hamkorligi konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etishini hayotiy misollarda tushuntirib o‘tdi.

Samarqand shahar 1-son FHDYO mudiri, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatati Inobat Boboqulova, SamDTUning olimalari U.Boboraximova va S.Zaxidova, O‘zLiDeP viloyat Kengashi mafkuaviy ishlar bo‘yicha bo‘lim mudiri N. Mo‘minovalar yosh oila quruvchilarning oilaviy hayotga tayyorlashda ularning huquqiy, tibbiy, psixologik, iqtisodiy bilimlarini oshirishlarida ko‘proq kitob mutoala qilishlarini tavsiya etdilar.

Tadbirni universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, rektor maslahatchisi J.Sayfudinova olib bordi. Uning yakunida namunali faol xotin – qizlarga va partiya faollariga O‘zLiDeP viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.


Universitet matbuot xizmati

Report Page