Oilaviy tadbirkorlar endilikda kommunal xizmatlar haqini aholiga belgilangan tarif asosida to‘laydi

Oilaviy tadbirkorlar endilikda kommunal xizmatlar haqini aholiga belgilangan tarif asosida to‘laydi

🌐OLTIARIQ_TV

•••

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bugun, 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi masala ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Asosiy o‘zgartirishga ko‘ra, oilaviy korxona endilikda noturar joy bino-inshootlaridan foydalanganda ham kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqini to‘lashda aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qonunning amaldagi 28-moddasiga ko‘ra, oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish, ish, xizmat bajarishdagina aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshirilar edi.

“Bu o‘zgarish oilaviy korxonalar soni oshishi va rivojlanishiga katta hissa qo‘shishiga ishonchim komil”, — deyiladi xabarda.

Report Page