Ogoh Bo’ling! Online Firibgarlar!

Ogoh Bo’ling! Online Firibgarlar!


Yaqinda kanalimiz azolaridan biriga qarshi quyidagi jinoyat sodir etilgan.

U inson olx.uz ga sotish uchun elektron jihoz qo’ygan va 2 soatlardan keyin telegramdan bir rus hairdor chiqgan.

U dar hol haridor chiqqanidan hursand bo’lib jo’natilgan linkni FAKE (soxta) ligiga etibor bermagan. “Click kompaniyasini yangi tizimi bo’lsa kerak” deb o’ylagan va linkni ochgan.

U soddalik qilib kerakli malumotlarni kiritgan…

Eng yomoni SMS orqali kelgan kodni ham kiritgan va aynan shundan keyin firibgarga kartaga kirish yo'li ochilgan va u dar hol pul yechib olgan.

Qandaydur soniyalar ichida halol ishlab topilgan butun bir oylik 3,615,000 sum yechib olingan!

Endi etiborni masalani boshqa tomoniga qaratamiz. Jabr ko’rgan inson darhol Click kompaniyasiga telefon qilgan va ular esa bunday holatlar oldin ham bo’lganligini va bu ishni Ichki Ishlar Vazirligi hal qilishini aytgan…

Men umuman aqlimga sig’dira olmayotgan nars bu qanday qilib Click dek obro’li kompaniya o’zini mijozlarini hafsizligiga etiborsiz bo’lyapti? Yangi qo’shilgan mijozga SMS orqali “shunaqa firibgarlardan ogoh bo’ling va begona linklarga hech qachon kod kiritmang” deganida bu hato 100% jabrlanuvchini aybi bo’lar edi.

Kamiga Bank hodimlari ham hech qachon bunday nohushliklar ham bo’lib turishi va doimo ogoh bo’lishingiz kerakligi haqida hech qanday malumot berishmaydi. Uni o’rniga inson zoti tushinishi qiyin bo’lgan juda mayda yozilgan shartnomalarga kichkina qilib “biz javob bermaymiz” deb yozilgan bo’ladi. Shunda jinoyat sodir bo’lganda bank ham, kompaniya ham zarar ko’rmaydi lekin mizojni sho’riga sho’rva to’kiladi.

Nega shunaqa?

1000ta uyoqda tursin 100ta uyoqda tursin 1 dona mijoz zarar ko’rsa ham kompaniya va bank birgalikda shunday internet firibgarlariga qarshi kurashishi va o’z mijozlarini oldindan SMS yoki yozma ravishda ogohlantirishi kerak emasmi?

Bu maqoladan maqsad jinoyatni fosh etish yoki kompaniya va banklarni qoralash emas balki odamlarni firibgarlardan ogoh bo’lishga chaqirish va bunday jinoyatlar qayta sodir bo’lmasligini oldini olish edi. No o’rin gaplar aytilgan bo’sa sizdan ming bor uzr so’rayman.

Quyidagilar yodingizda bo’lsin:

1.      Hech qachon begona linklarga karta haqida malumot (tugash yili) kiritmang

2.      Malumotni kiritgan bo’lsangiz kelgan SMS dagi kodni hech qachon kiritmang

3.      Agar 1 va 2ni kiritgan bo’lsangiz darhol bankga telefon qilib kartani bloklang!

Umid qilamanki endi sizda bunday nohush voqea bo’lmaydi chunki siz endi soddalik qilib qo’ymaysiz!

Barchamizni Alloh o’z panohida saqlasin!

Omin!

Report Page