Oferta

Oferta


«Yangiliklarni o’qing va sovg’alarga ega bo’ling!» tanlovi doirasida «Simple Networking Solutions» MChJdan Telegram platformasida (@daryo_konkurs_bot boti) sovrinli o’yinlar o’tkazishning 2021 yil 7 iyundan Ommaviy Ofertasi.

Ushbu kelishuv ommaviy oferta xarakteriga ega bo’lib, «og’zaki kelishuv» ekvivalenti hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli yuridik kuchga ega.

1. Preambula

     Quyida keltirilgan ma’lumot «Simple Networking Solutions» MChJ (keyingi o’rinlarda – Tashkilotchi) tomonidan jismoniy shaxsga (keyingi o’rinlarda – Ishtirokchi) «Yangiliklarni o’qing va sovg’alarga ega bo’ling!» tanlovi (keyingi o’rinlarda – Tanlov) doirasida sovrinli o’yinda qatnashish uchun rasmiy taklifdir. Ushbu kelishuv ommaviy xarakterga ega, ya’ni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan uning shartlari barcha ishtirokchilar uchun bir xildir.

    Tanlovda ishtirok etish ommaviy shartnoma shartlarini to’liq va so’zsiz qabul qilganlikni tasdiqlaydi.

2. Umumiy qoidalar

     Ushbu kelishuv Tanlovda ishtirok etish shartlari va qoidalarini belgilaydi. Tanlovda ishtirok etgan holda, Ishtirokchi kelishuvning ushbu shartlarini to’liq va so’zsiz qabul qilishi haqida e’lon qiladi.

3. Tashkilotchi

     3.1. Tanlov Daryo savdo belgisi ostida «Simple Networking Solutions» MChJ tomonidan o’tkaziladi.

     3.2. Tanlov Telegram platformasida, @daryo_konkurs_bot boti (keyingi o’rinlarda – Telegram-bot) doirasida o’tkaziladi.

     3.3. Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan Tashkilotchi faqat tanlov bilan bog’liq maqsadlarda foydalanadi.

     3.4. Tashkilotchi ushbu Ommaviy ofertaga o’zgartirish kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi va ushbu o’zgarishlarni Telegram-botda chop etish majburiyatini oladi.

4. Tanlovni o’tkazish vaqti va joyi.

     Tanlov O’zbekiston Respublikasi hududida 2021 yil 7 iyundan 12 iyulgacha Telegram-botda o’tkaziladi.

5. Tanlovda ishtirok etish qoidalari.

     5.1. Tanlovda ishtirok etish algoritmi:

·       Telegram-botda ro’yxatdan o’tish;

·       Daryo yangiliklar internet-nashrining @daryo Telegram-kanaliga (keyingi o’rinlarda – Daryo Telegram-kanali) obuna bo’lish yoki obuna bo’lganlik;

·       Barcha shartlar to’g’ri bajarilganida Ishtirokchi tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilgani to’g’risida xabarnoma va shaxsiy ID-raqamini oladi, uning yordamida sovrinlarni o’ynash paytida Ishtirokchi shaxsi aniqlanadi.

      5.2. Tanlovda quyidagilar ishtirok eta olmaydi:

·       Ushbu Tanlov doirasida haftalik sovrinlar g’olibiga aylangan Ishtirokchilarga keyingi haftalik sovrinli o’yinlarda qatnashishga ruxsat berilmaydi, ammo ularga asosiy sovrin uchun o’yinlarda qatnashishga ruxsat beriladi;

·       Voyaga yetmagan jismoniy shaxslar (18 yosh);

·       O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan jismoniy shaxslar va O’zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar;

·       Tanlov o’tkazilayotgan vaqt davomida Daryo Telegram-kanaliga obunani bekor qilgan Ishtirokchi haftalik va bosh sovrin uchun o’yinlardan chetlashtiriladi. Qayta ishtirok etish uchun Daryo Telegram-kanaliga qayta obuna bo’lish va ishtirokni Telegram-botida ro’yxatdan o’tkazish lozim;

·       Tashkilotchining xodimlari va ishlab chiquvchilari, ularning oila a’zolari;

·       Brendlarning, internet-do’konlarning, jamoalarning va guruhlarning akkauntlari.

     5.3. Ushbu Ommaviy Ofertaning 5.1-bandida ko’rsatilgan harakatlarni bajargan barcha ishtirokchilar avtomatik ravishda Tanlovda ishtirok etadilar.

     5.4. Ushbu Ommaviy Ofertaning 5.1-bandida ko’rsatilgan harakatlarni bajargan barcha ishtirokchilar o’zlarining shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga rozilik berishadi. Tashkilotchi Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga berishga haqli emas. Ishtirokchi istalgan vaqtda Tanlovda qatnashishdan bosh tortishi mumkin.

     5.5. Har bir Ishtirokchi Tanlovda ushbu Ommaviy Ofertada ko’rsatilgan shartlarga muvofiq ravishda qatnashadi. Agar Ishtirokchi Tanlov shartlari talablarini buzgan bo’lsa, Tashkilotchi, rad etish sabablarini tushuntirmagan holda, sovrin berishni rad etish huquqini o’zida saqlab qoladi.

     5.6. Tanlov g’oliblari o’zlarining ismlarini Tanlov g’oliblari ro’yxatiga kiritishga, shuningdek, sovrinni topshirish jarayonini videoga olishga va ushbu videolavhani Tashkilotchining ijtimoiy sahifalarida joylashtirishga rozi bo’lishadi.

6. G’olibni aniqlash

     6.1. Haftalik sovrinlar g’oliblari https://www.random.org/lists/ xizmatidan foydalangan holda tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi.

     6.2. Haftalik sovg’alar uchun o’yinlar har hafta, seshanba kunlari soat 12:00 da, 4 hafta davomida (2021 yilning 14, 21, 28 iyun va 5 iyul kunlari) o’tkaziladi. Ushbu ommaviy ofertaning 5.1-bandida ko’rsatilgan harakatlarni o’yinlar o’tkaziladigan kuni soat 11:00 gacha bajargan barcha Ishtirokchilarga o’yinda qatnashishga ruxsat etiladi. Harakatlarni soat 11:00 dan keyin amalga oshirgan Ishtirokchilar keyingi hafta o’yinlarida qatnashadilar.

     6.3. Bosh sovrin uchun o’yin Ushbu Ommaviy Ofertaning 5.1-bandida ko’rsatilgan harakatlarni bajargan barcha Ishtirokchilar o’rtasida 2021 yilning 12 iyulida o’tkaziladi.

Bu MUHIM! Sovrinni qabul qilib olish paytida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish uchun Ishtirokchining shaxsiy ishtiroki talab qilinadi.

7. Sovrinlar va ularni olish shartlari to’g’risida ma’lumot

     7.1. Sovrinlar Tashkilotchi tomonidan taqdim etiladi. Sovrinlar, ularning sifat va miqdoriy tavsiflarini Tashkilotchi belgilaydi:

·       Haftalik sovrin - Iphone 12 (4 dona).

·       Asosiy sovrin - MacBook Air (1 dona).

     7.2. Sovrinni qaytarishga, almashtirishga, pul ko’rinishida berishga yo’l qo’yilmaydi.

     7.3. Sovrinlar oxirgi o’yin o’tkazilganidan keyin (2021 yil 12 iyul) 14 kalendar kundan kechiktirmay beriladi. Sovrinni qabul qilishning oxirgi muddati – 2021 yil 28 iyulgacha.

     7.4. Tanlov g’olibiga aylangan Ishtirokchi sovrinning qiymati jismoniy shaxs tomonidan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 186-moddasi binoan taqdim etilgan jami yillik daromad deklaratsiyasi asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslar daromad solig’iga tortilishi to’g’risida xabardorligi haqida bildirish, va shu bilan birga ushbu soliqni o’zi to’lash majburiyatini oladi.

     7.5. Sovrinni olishda Tanlov g’olibiga aylangan Ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlarni ko’rsatgan holda sovg’ani olish jarayoni bilan bog’liq hujjatlarga imzo chekishni o’z zimmasiga oladi:

·       O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nusxasi;

·       STIR;

·       Ushbu Ommaviy Ofertaning 7.4-bandida ko’rsatilgan ariza.

     7.6. Tashkilotchi Ishtirokchi oldida sovrinni berishdan boshqa hech qanday majburiyatlarni o’z zimmasiga olmaydi, Tanlov g’olibiga aylangan Ishtirokchi esa qabul qilib olingan Sovrindan ortiqcha mol-mulk talab qilishga haqli emas.

Report Page