Odamlarni baxtli qilish istagingiz qayerdan?

Odamlarni baxtli qilish istagingiz qayerdan?


Kimningdir hayoti yaxshilanishi uchun yordam/maslahatga shoshilgan, lekin harakatlaringiz befoyda ketgani uchun jahlingiz chiqqan paytlar bo‘lganmi? Siz baxtli qilmoqchi bo‘lgan odam ko‘zingizga noshukrday ko‘ringandir ehtimol.

 

Boshqalarga doimiy yordamga oshiqsangiz, odamlarni xafa qilmaslik/ko‘nglini ko‘tarish uchun tinim bilmasangiz, yaqinlaringiz sizsiz hech narsani eplay olmaydigan holatga kelgan bo‘lsa – lekin shunda ham qadringiz borligini his qilmasangiz, bunda diqqat qilishingiz kerak bo‘lgan ikki jihat mavjud:

 

1.   Qutqaruvchilik istagingiz bilan ishlash.

2.   Boshqalarni tushunishga intilish.

 

“Qutqaruvchi” odatda o‘ziga nisbatan ishonchni oshirish, o‘zini yaxshi odam/ota-ona/farzand/do‘st his qilish, aybdorlik hissidan xalos bo‘lish uchun bu usuldan foydalanadi. O‘ylab ko‘ring, kimgadir yordam bermasangiz o‘zingizni noqulay, yomon his qilishingiz sabablari qayerda? Nega o‘zingizni kuchli his qilishga bu qadar muhtojsiz?

 

Odamlarni baxtli qilish istagining ortida aslida ularni tushunmaslik yotadi. Bunda kishi boshqa odamlar qanday yashashi kerakligi haqidagi tasavvurga ega bo‘ladi. Kimnidir bu tasavvuriga bo‘ysundirish huquqi borligiga ishonadi.

Bunday xulq-atvor esa boshqa birovga e’tiborsizlikdir. Kimnidir yaqinroqdan bilsangiz, u hayotining o‘zi uchun eng mos variantida yashayotgani, ruhiyati uchun eng to‘g‘ri bo‘lgan qarorlarni qabul qilayotganini tushunasiz. Sizning baxt haqidagi tasavvurlaringiz sizga mos, uning baxt haqidagi tasavvurlari o‘ziga. Yordam beraman deb balki halal berayotgandirsiz?


Sarvinoz Omonova


Kanalga ulanish: Psixologning qaydlari

 

 

 

 

Report Page