Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligining oldini olish bo‘yicha “Profilaktik o‘n kunlik” mavzusida seminar mashg‘uloti to‘g‘risida

Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligining oldini olish bo‘yicha “Profilaktik o‘n kunlik” mavzusida seminar mashg‘uloti to‘g‘risida


2021 yil 10 fevral soat 11:30 da Buxoro davlat universiteti katta majlislar zalida Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2021 yil 8 fevraldagi № 3/15-374-sonli xatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyuldagi “Qarovsiz qolgan hayvonlar hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori va Buxoro viloyati Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2021 yil 30 yanvar kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2021 yil 21 yanvardagi 1-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va xududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2020 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2021 yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risidagi 1/388-12-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 2021 yilning 1-10 fevral kunlari viloyat xududida odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi profilaktikasi bo‘yicha “Profilaktika o‘n kunligi” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligini oldini olishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida seminar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

       O‘quv mashg‘ulotida Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi S.Ikmatov, Buxoro viloyat IIB karantin bo‘linmasi xodimi X.Karimov, Buxoro viloyat sanitariya epidemologiya va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimi A.Haydarov, Buxoro shahar veterinariya bo‘limi boshlig‘i Sh.Sharopov hamda 200 nafardan ortiq universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.

       O‘quv mashg‘ulotini Buxoro davlat universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.M.Qadirov ochib, kun tartibidagi masala bilan seminar o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi. O‘quv mashg‘ulot rejasida ko‘rsatilgan tavsiyalar bilan bir qatorda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza va video roliklar namoyish qilindi.              

       Buxoro viloyat sanitariya epidemologiya va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimi Anvar Haydarov so‘zga chiqib, quturish kasalligini epidemiologiyasi, etiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi haqida ma’ruza qildi.

      Buxoro viloyat IIB karantin bo‘linmasi xodimi Xurshid Karimov so‘zga chiqib, it saqlash qoidalarini buzgan fuqarolarga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish tadbirlari va qoidalari haqida to‘xtaldi.

      Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi Sohibjon Ikmatov so‘zga chiqib, quturish qasalligini oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va profilaktikasi to‘g‘risida ma’ruza qildi.

        Buxoro shahar veterinariya bo‘limi boshlig‘i Shokir Sharopov so‘zga chiqib, quturish kasalligi bo‘yicha epizootik vaziyat va hayvonlar quturish kasalligi klinikasi mavzusida ma’lumot berdi.

Seminar mashg‘uloti yakunida universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘lim boshlig‘i Fatillo Boltayev o‘quv mashg‘ulotiga tashrif buyurgan mutaxassislar va ishtirokchilarga minatdorchilik bildirib, ular tomonidan berilgan ma’lumotlar professor-o‘qituvchi, talabalarga qiziqarligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.



BuxDU Matbuot xizmati




Report Page