"Odam savdosi- davr muammosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi

"Odam savdosi- davr muammosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Мурадова Мавжуда Раджабовна


Joriy yilning 22 iyun kuni Pedagogika fakulteti tyutori M.R.Muradova tomonidan 4-4 pps -19 guruh talabalari o'rtasida "Odam savdosi davr muammosi " mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Bugungi kunda odam savdosi inson, uning huquqlari, qadr-qimmati, osoyishta hayoti va kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan jahon miqyosidagi dolzarb muammoga aylandi. Ushbu global illatga qarshi kurashish yuzasidan mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Talaba yoshlarimiz hozirgi globallashuv, axborot almashishning keskin o‘sishi sharoitida har xil salbiy oqimlarning ta'siriga tushib qolmasliklari, ularning bandlik darajasini oshirish uchun oilada tarbiyaning rolini kuchaytirish, yigit-qizlarni mehnatsevarlikka o‘rgatish, qolaversa, mahalla, ta'lim muassasasi va oilalarning hamkorlikdagi faoliyatiga mas'uliyat bilan yondashish muhim ahamiyat kasb etadi Suhbat davomida odam savdosiga qarshi yanada samarali kurashish bo‘yicha talabalar tomonidan ham taklif va tavsiyalar bildirildi.



Report Page