Odam anatomiyasi
Javohir NazarovGrafik dizayner bo‘lish uchun anatomiyani bilish qanchalik muhim?
Hozir dizayn sohasiga kirib kelganlar va bu sohada ko‘p yillik tajribaga ega dizaynerlarda ikki xil fikr yuradi.
Birinchi fikrdagilar: dizayner bo‘lish uchun chizishni bilish shart emas!
Ikkinchi fikrdagilar: dizayner uchun chizishni bilish shart!
Hozirgi mavzu u yoki bu fikrni oldinga surish uchun borasida emas. Lekin bir tajribada bu fikrni ko‘rib chiqamiz.
Dunyoga mashxur «Danone» kompaniyasining logotipi:

Bu yerda anatomiya juda ham qo‘pol tarzda buzilgan. Bee’etiborlik bilan chizilgan. Dizayner bu yerda anatomiyani umuman bilmasa, buni chiza olmasa ham, oddiy mantiqiy usuldan foydalanishi mumkin:

Bosh chanoqni surati olinadi va bundan eskiz sifatida foydalaniladi. Shu xolos.

Bolaning ko‘zini chizmasak yaxshiroq bo‘ladi, chunki bu silluet sifatida aks ettirilmoqda. Bo‘yin qismiga, yelkasiga ham e’tibor berish kerak. Agar buni chizgan dizayner, bolaning fotosini huddi shu rakursda suratga olib, fotoning ustidan chizib chiqqanida, bu muammoni bartaraf etgan bo‘lar edi.
Xulosa: dizayner chizishni bilishi yoki bilmasligi muhim emas, eng muhimi u oldiga qo‘yilgan vazifani ham mantiqan, ham estetik tomondan to‘g‘ri bajara olishida.
Agar dizayner oldiga chizish vazifasi qo‘yilsa, savol berish ham foydadan holi bo‘lmaydi: bu muammoni chizish bilan hal qila olamanmi? Ehtimol boshqa usul bu vazifani bajarishimni talab etar?
Agar chindan ham chizish muammosi mavjud bo‘lsa, unda fotolardan foydalangan holatda, foto ustidan chizish ham muammoni hal qiladi.
Dizaynerlarga maslahat: chizish kerak, deyilganda, men chizishni bilmayman, deyishga shoshilmang. Nima uchun chizish kerakligini to‘liq tushinib oling. Nima uchun chizishni bilgandan keyingi muammo esa, qanday chizish bo‘ladi ))).
Muallif: Javohir Nazarov
----------
📣Design channel