Odam Ato va Momo Havo Xudo yeyishni taqiqlagan mevani atayin, bilib turib yeyishganmi yoki ular bu haqda bilishmaganmi? Agar ular ma'lumotga ega bo'lmagan bo'lishsa, u holda nima uchun Xudo ularni jazolaydi? Ushbu veb sayt bu haqda nima deydi?

Odam Ato va Momo Havo Xudo yeyishni taqiqlagan mevani atayin, bilib turib yeyishganmi yoki ular bu haqda bilishmaganmi? Agar ular ma'lumotga ega bo'lmagan bo'lishsa, u holda nima uchun Xudo ularni jazolaydi? Ushbu veb sayt bu haqda nima deydi?

marvarid.org

Yakub 1:13-15
Vasvasaga tushganingizda Xudoni ayblamang! Chunki Xudo hech qachon vasvasaga tushmaydi va hech kimni vasvasaga solmaydi. Lekin har kim oʻz ehtirosi dastidan vasvasaga duchor boʻlib, nafs tuzogʻiga ilinadi. Keyin ehtiros homilador boʻlib gunohni tugʻadi, gunoh esa yetilib, oʻlimga olib boradi.

Ibtido 3:1-13

1Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. Oʻsha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan:
— Haqiqatan ham Xudo, bogʻdagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb soʻradi.
2Xotin ilonga:
— Yoʻgʻ–e, biz bogʻdagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishimiz mumkin, — deb javob berdi.3— Lekin Xudo, bogʻ oʻrtasidagi daraxtning mevasidan yemanglar ham, tegmanglar ham, aks holda, oʻlasizlar, deb aytgan.
4Ilon esa xotinga:
— Yoʻq, oʻlmaysizlar, — dedi.5— Chunki Xudo biladiki, sizlar bu mevalardan yesangiz, koʻzlaringiz ochilib, sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan boʻlib, Xudoga oʻxshab qolasizlar.
6Xotin qarasaki, oʻsha daraxt koʻzga chiroyli koʻrinadi, mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib yedi, keyin yonida turgan eriga ham berdi. Eri ham yedi.7Oʻsha zahoti ikkovining ham koʻzlari ochilib, ular yalangʻoch ekanliklarini angladilar, anjir barglarini sonlari atrofiga tizib, oʻzlariga yopinchiq yasadilar.
8Oqshom payti shabada esib turganda, odam va xotini bogʻda Parvardigor Egamizning yurganini bildilar. Ular Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bogʻdagi daraxtlar orasiga yashirindilar.9Parvardigor Egamiz:
— Qayerdasan? — deb odamni chaqirdi.10Odam:
— Men bogʻda yurganingni bildim–u, yalangʻoch boʻlganim uchun qoʻrqib, yashirindim, — dedi.
11— Yalangʻoch ekaningni senga kim aytdi? — deb soʻradi Xudo. — Yoki Men, yemanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan yedingmi?
12Odam javob berdi:
— Oʻzing menga bergan xotin oʻsha daraxtning mevasidan menga berdi, men ham yedim.
13Shunda Parvardigor Egamiz xotinga:
— Bu nima qilganing? — dedi.
— Ilon meni aldadi, men mevadan yedim, — dedi xotin.


Report Page