Obodlik ostonadan boshlanadi!

Obodlik ostonadan boshlanadi!



Viloyatimiz markazi bo`lgan Nurafshon shahri kundan-kun chiroy ochib obodonlashib bormoqda. Shahrimizda bunyodkorlik ishlari salmoqliy darajada o`sib, ko`p qavatli binolar qurilib, yo`llar tamirlanmoqda, axoliga qulayliklar yaratish maqsadida piyodalar yo`laklari, velosiped yo`laklari yotqizilib fuqarolar xarakati uchun havfsiz zo`nalar tashkil etilmoqda. Bir so`z bilan aytganda ko`zni quvontiradigan bunyodkorlik ishlari tashkil qilingan.

Bugun, Nurafshon shahar hokimi M.Saliyev, hokim o`rinbosari D.Muratov, shahar hokimining davlat tilida ish yuritish bo`yicha maslaxatchisi M.Shaismanova hamda hokimlik ishchi guruhi tomonidan shahar ko‘chalaridagi tadbirkorlar tomonidan do`konlar oldiga o`rnatilgan tashqi yozuvlar, shu jumladan e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining shaharning arxitekturaviy ko`rinishiga tasir qilmagan holda o`rnatilganligi hamda savdolarning to`g`ri tashkil qilinganligi o`rganildi.


O`rganish vaqtida shaharning aholi gavjum manzillaridan biri bo`lgan Toshkent yo`li ko`chasi (markaz) da birqancha tadbirkorlar tomonidan, fuqarolarning havfsiz, erkin harakatlanishi uchun mo`ljallangan piyodalar yo`lagi hamda velosiped yo`laklari ustida suniy ravishda fuqarolarning xavfsiz xarakatlanishini cheklovchi savdolar tashkil qilinganligi aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi va noqonuniy savdolar bartaraf etildi

Tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi

Bundan tashqari Toshkent yo`li ko`chasida joylashgan binolar old qismiga o`rnatilgan reklama va ko‘rgazmali axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun talablariga muvofiqligi hamda shaharning arxitekturaviy ko`rinishiga mos keladigan bo`lishi tadbirkorlarga tushuntirildi va bular bo`yicha ishlar tashkil qilindi.  

Mazkur ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar davom ettiriladi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa

Report Page