O‘ZBEKISTONNING BIRINCHI XONIMI FALASTIN HAQIDA GAPIRDI

O‘ZBEKISTONNING BIRINCHI XONIMI FALASTIN HAQIDA GAPIRDI

Yoshlar kundaligi

O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Respublikasi Prezidentining rafiqasi Emine Erdog‘on taklifiga binoan 15 noyabr kuni “Falastinda tinchlik uchun birgalikda” sammitida ishtirok etdi.

➖ Istanbulda nimalar bo‘lyapti?


🇹🇷 Istanbul shahrida Emine Erdog‘an raisligida o‘tgan davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining yig‘ilishida Malayziya Malikasi Tunku Aziza, Bangladesh Birinchi xonimi Rebekka Sulton, Bosniya va Gersegovina Birinchi xonimi Sabina Komshich, Qatar Amirining onasi Shayxa Mo‘za bint Nosir al-Misnid, Livan Bosh vazirining rafiqasi Mey Mikati, Pokiston Bosh vazirining rafiqasi Sadiya Rahmatullox va boshqa mamlakatlarning yuqori darajali vakillari ham qatnashdi.

🤝 Uchrashuv Gʻazodagi tinch aholining azob-uqubatlariga chek qo‘yish va Falastin-Isroil nizosiga yechim topish yo‘lida qat’iy birdamlikni namoyish etish maqsadida tashkil etildi.

➖Ziroat Mirziyoyeva o‘z nutqida nima dedi?


🔰 O‘zbekiston xalqi Falastinning tinch aholisi boshiga tushgan kulfat va qayg‘u-alamlarni yurakdan o‘tkazmoqda, dedi O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Istanbuldagi sammitda.

Birinchi xonim har ikki tomonni ham zudlik bilan o‘t ochish va jangovar harakatlarni to‘xtatishga, tang ahvolda qolgan aholiga gumanitar yordam yetkazish uchun imkoniyat yaratishga, nizoni faqatgina tinch, diplomatiya yo‘li bilan “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etishga chaqirib, O‘zbekistonning bu boradagi qat’iy pozistiyasini yana bir bor bildirdi.

🇺🇳 O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdam va yakdil ekani, uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.


➖📑 Sammit qanday yakunlandi?


Sammit yakunida davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining Gʻazo sektori bo‘yicha yig‘ilishi Yaxshi niyat deklaratsiyasi qabul qilindi.


Yoshlar kundaligi

Report Page