O'ZBEKISTON TUMANIDA TUROB TO'LA HAYOTI VA IJODIGA BAG'ISHLANGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI.

O'ZBEKISTON TUMANIDA TUROB TO'LA HAYOTI VA IJODIGA BAG'ISHLANGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI.

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani XTB tasarrufidagi 28-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 11-aprel kuni “Xalq shoiri va san'at arbobi Turob To'laning hayoti va ijodi”ga bag’ishlab “Shu yurtning maftuniman” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga tuman XTB mudiri N.Siddiqova, tuman hokimining Davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi I.Mamajonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirov va yetakchi mutaxassisi I.Zokirjonov tashrif buyurdi. 

Maktab hovlisining kirish qismiga tashrif buyurgan mehmonlar uchun faol o’quvchilar tomonidan tayyorlangan “Qo’l mehnati mahsulotlari” va “Milliy taomlar” namoyishi ham tashkilandi. 


Tadbirda o’quvchilar tomonidan bahoriy kuy-qo’shiqlar ohanggida milliy raqslar ijro etildi, Turob To'laning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar va uning asarlaridan "Maftuningman", "Maysaraning ishi" kabilari sahnalashtirildi. Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirov so’zga chiqib Turob To'la hayoti va asarlariga oid fikrlari bilan o’rtoqlashdi. 

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, yuksak axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, buyuk adib, olim, mutafakkir, yozuvchi va shoirlarimiz hayoti va ijodini o’quvchilarga yaqindan tanitish, ularning asarlarini yaqindan o’rganish hamda ularni xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

O’tkazilgan tadbirlarni OAVda yoritish maqsadida “Tohir Bog’dod” Telekanali muhbiri taklif etildi. Shuningdek, tadbir Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar(Facebook, telegram)da yoritildi.


MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI O'ZBEKISTON TUMAN BO'LINMASI.

Report Page