O'ZBEKISTON TUMANIDA ABDULLA QODIRIYNING HAYOTI VA IJODIGA BAG'ISHLANGAN "MANGULIKKA YO'G'RILGAN UMR" MAVZUSIDA TADBIR O'TKAZILDI.

O'ZBEKISTON TUMANIDA ABDULLA QODIRIYNING HAYOTI VA IJODIGA BAG'ISHLANGAN "MANGULIKKA YO'G'RILGAN UMR" MAVZUSIDA TADBIR O'TKAZILDI.

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani XTB tasarrufidagi 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 11-aprel kuni “ Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi”ga bag’ishlab “Mangulikka yo'g'rilgan umr” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga tuman hokimining Davlat tilida ish yuritish masalalari bo'yicha maslahatchisi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirovlar tashrif buyurdi. 


Maktab hovlisining kirish qismiga tashrif buyurgan mehmonlar uchun faol o’quvchilar tomonidan tayyorlangan “Qo’l mehnati mahsulotlari” va “Milliy taomlar” namoyishi ham tashkilandi. 


Tadbirda o’quvchilar tomonidan bahoriy kuy-qo’shiqlar ohanggida milliy raqslar ijro etildi, Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar va uning asarlaridan eng mashhuri "O'tgan kunlar" va "Mehrobdan chayon" asarlari sahnalashtirildi. Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirov so’zga chiqib Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga oid fikrlari bilan o’rtoqlashdi. 


Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, yuksak axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, buyuk adib, olim, mutafakkir, yozuvchi va shoirlarimiz hayoti va ijodini o’quvchilarga yaqindan tanitish, ularning asarlarini yaqindan o’rganish hamda ularni xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.


O’tkazilgan tadbirlarni OAVda yoritish maqsadida “Tohir Bog’dod” Telekanali muhbiri taklif etildi. Shuningdek, tadbir Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar(Facebook, telegram)da yoritildi.

Report Page