O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT XALQARO OBLIGATSIYALARINI EMISSIYA QILISH

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT XALQARO OBLIGATSIYALARINI EMISSIYA QILISH

MoliyaPress

O’zbekiston Respublikasining ilk davlat xalqaro obligatsiyalarini chiqarish va muvaffaqiyatli joylashtirishni ta’minlash maqsadida, 2019-yilning 7-14 fevral kunlari, AQShning Nyu-York hamda Boston, Buyuk Britaniyaning London shaharlarida “Roud-shou” (investorlar bilan uchrashuvlar) bo’lib o’tadi.

Uchrashuvlardan so’ng, jahon moliya bozorlaridagi sharoitlardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning ilk davlat xalqaro obligatsiyalarini 5 va/yoki 10 yil muddat bilan chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

 “Roud-shou” davomida O’zbekiston Respublikasining delegatsiyasi yirik investorlar bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Bunday uchrashuvlar natijasida, respublikamizning ilk bor jahon moliya bozorlariga ilk qadami qo’yiladi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi tomonidan JP Morgan – global koordinator hamda qo’shma bukranner, Citi va Gazprombank – qo’shma lid-menejer va bukrannerlar etib tayinlanganlar. 


Report Page