O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI BOSH ASSAMBLEYASINING 78-SESSIYASIDAGI NUTQIGA MUNOSABAT:

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI BOSH ASSAMBLEYASINING 78-SESSIYASIDAGI NUTQIGA MUNOSABAT:


— Muhtaram Prezidentimizning BMTning 78-sessiyasida so‘zlagan nutqlarida global va umuminsoniy mohiyat kasb etdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan muhim strategiya ekanligi, hamda yoshlar siyosati muhim global va mintaqaviy muammolardan ekanligi belgilab berildi.  Muhtaram Prezidentimiz lslom dinining tinchlikparvar va ezgulik dini ekanligi, insoniyat sivilizatsiyasida o‘z o‘rniga ega buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy merosi xususida katta ehtirom bilan fikr bildirdilar. Ma’ruzada xotin-qizlar Oliy taʼlimdagi qamrovining kengaygani muhim ijtimoiy masala ekanligi alohida ta’kildlandi. Shuningdek, ekologik muammolarning oldini olishda strategik yondashuv zarurligi aytib o‘tildi. Мuammolar yechimi yuzasidan konstruktiv va strategik takliflar berildi. 

Biz olimlar uchun ushbu maʼruza fundamental tadqiqotlar, ilmiy- nazariy izlanishlar uchun muhim metodolgiyadir.


FALSAFA FANLARI DOKTORI, PROFESSOR 

SAFAROVA NIGORA OLIMOVNA.



Report Page