O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I

https://t.me/surxonkadastr

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun 1991 yil 18 noyabr kuni N 407-XII qabul qilingan.

Mazkur qonunga ko’ra:

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi — bayroqning butun uzunligi boʼylab oʼtgan toʼq moviy rang, oq rang va toʼq yashil rangli uchta endan tarkib topgan toʼgʼri toʼrtburchak shaklidagi matodir.

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼining oʼrtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar oʼtkazilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida oʼn ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Oq rangli yangi oy va oʼn ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning oʼrtasidan 70×30 santimetrga teng toʼgʼri toʼrtburchakka sigʼadigan qilib joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy vertikal holatda doʼng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan
20 santimetr masofada joylashtirilgan boʼlib, diametri 30 santimetrli doiraga sigʼadi.

Oʼn ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sigʼadi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, oʼrta qatorda toʼrtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.

Old tomoni
Orqa tomoni
Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼining sxematik ko'rinishi (old tomoni)
Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼining sxematik ko'rinishi (orqa tomoni)



Report Page