O‘ZBEKISTON QAHRAMONI XONADONIDA...

O‘ZBEKISTON QAHRAMONI XONADONIDA...


Ramazon hayiti arafasida «Tong yulduzi» tahririyati xodimlaridan bir guruhi O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov xonadonida bo‘lishdi. Bu vaqtda adabiyotshunos olim, yozuvchi Vafo Fayzulloh va tajribali fotograf Abdug‘ani Jumayev bilan qizg‘in suhbat qurib o‘tirishgan ekan.

Zabardast olim zalvorli hayot yo‘li, o‘zbek adabiyoti muammolari, zamonaviy matbuot qanday bo‘lishi kerakligi mavzularida so‘z yuritdi. Shu kuni xonadon mehmonlari adabiyotshunos olimning suhbatidan bahramand bo‘lish barobarida ajoyib damlarni suratga muhrlashdi.

«Tong yulduzi» gazetasining 2024-yil 16-sonidan



Report Page