O‘ZBEK PALOVI HAQIDA RIVOYAT

O‘ZBEK PALOVI HAQIDA RIVOYAT

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

O'zbek palovi haqiqiy Sharq oshxonasini sevuvchilarning eng xushxo‘r taomi hisoblanadi. Xususan, jannatmakon yurtimizda hech bir tadbir, bayarm yoki marosimlar palovni tayyorlamasdan o‘tkazilmaydi. Mehmondo‘st va samimiy xalqimizning xonadoniga tashrif buyurgan bir nafar mehmon uchun ham avvalo, do‘ppidek osh damlab, iliq kutib olishi ota-bobolarimizdan meros qolgan an'ana kabidir.

Shuningdek, milliy oshxonamiz o'zbek palovining 100 dan ortiq retseptlarini o'z ichiga olib, uning tayyorlanish texnologiyasi ko'p yillar davomida mukammalligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizning har bir hududida palovni o'ziga xos usullarda tayyorlashadi. O'zbekistonda "osh, palov" so'zining kelib chiqishi haqida qadimiy afsonalar ham mavjud bo‘lib, bu asosan Abu Ali Ibn Sino nomi bilan bog'liqdir.

Aytishlaricha, ko'p ming yillar ilgari bir Shahzoda kambag'al oilaning chiroyli, xushbichim bo‘lgan yoshgina qizini sevib qoladi. Ammo, u bilan oila qura olmasligi o‘ylab ko‘p azob chekadi. Ishq azobidan qiynalgan Shahzodaning ishtahasi yo‘qolib, suv va ovqat yemay qo‘yadi va tobora tushkunlikka tushib zaiflasha boshlaydi. Buni ko‘rgan otasi mashhur tabib - Abu Ali ibn Sinoni saroyga taklif qilar ekan, undan merosxo‘rining dardi sababini bilib berishini va uni davolashini so‘raydi. Ibn Sino Shahzodani obdon tekshirib, uning kasalligi sababi muhabbat ekanligini anglaydi. Shundan so‘ng, Podishohning o‘g'lini davolab, uni jo‘shqin hayotga qaytarishning eng oson va maqbul ikki yo‘li borligini aytadi. Bular: birinchisi, ikki oshiq qalblarni birlashtirish bo‘lsa, ikkinchisi esa, Shahzodani yetti xil mahsulotlardan tayyorlangan, eng yuqori foydali taom sanalgan "palov" tanavvul qilishini tavsiya beradi.

Ehtimol, bu milliy shoh taomning o'zbek xalqi tomonidan to'y va marosimlarda tayyorlanishi va sevib iste'mol qilinishi ham ushbu afsonaga bog'liqdir.

🇺🇿 Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

📌 A’zo bo‘ling: https://t.me/bukhtourism

ЛЕГЕНДА ОБ УЗБЕКСКОМ ПЛОВЕ

Узбекский плов - это трапеза для настоящих ценителей восточной кухни. Ни одно мероприятие в Узбекистане не проходит без приготовления плова. Узбекская национальная кухня насчитывает более 100 рецептов узбекского плова, а технология его приготовления считается безупречной на протяжении многих лет. Каждый регион Узбекистана характеризуется своим особенным способом приготовления плова.

В Узбекистане существует древняя легенда о происхождении слова "ош, палов", оно связано с именем Абу Али ибн Сины. Много лет тому назад, молодой принц влюбляется в красивую юную девушку из малообеспеченной семьи. Он страдал от того, что не мог жениться на ней. Принц начинает ослабевать, он отказывается есть и пить. Тогда его отец приглашает знаменитого целителя - Абу Али ибн Сину и просит его выяснить причину и вылечить своего наследника. Осмотрев принца, ибн Сина понимает, что причиной его болезни была любовь. Он говорит, что есть два способа вернуть сына падишаха. Первый вариант - соединить сердца двух влюбленных, а второй - накормить принца высококалорийным блюдом - "плов", которое готовится из семи ингредиентов. Скорее всего, именно с этой легендой связано обязательное присутствие этого национального блюда на узбекских свадьбах.

🇷🇺 Пресс-служба департамента по развитию туризма Бухарской области

📌 Присоединяйтесь: https://t.me/bukhtourism

LEGEND ABOUT UZBEK PALOV

Uzbek palov is the meal of real connoisseurs of the Eastern cuisine. None of the events in Uzbekistan is held without cooking palov. The Uzbek national cuisine has more than 100 recipes of Uzbek palov, and the technology of its preparation has been perfect for many years. Each region of Uzbekistan is characterized by its unique method of cooking Uzbek palov.

In Uzbekistan there is an ancient legend about origin the word “osh palov”, it is connected with the name of Abu Ali ibn Sino. Long ago the prince fell in love with a beautiful young girl from the poor family. He suffered that could not get married to her. The prince began to wane, he refused to eat and drink. Then his father invited the famous healer - Abu Ali ibn Sino and asked him to find out the reason and recover his heir. Having examined the prince, ibn Sino knew that the reason of his sickness was love. He said that there were two ways to recover the son of the padishah. The first one is to join the hearts of two lovers, and the second one is to feed the prince with the high-calorie dish – “osh palov”, the dish that is cooked from seven ingredients.

Most probably, that the compulsory presence of this national dish on weddings is connected exactly to this legend.

🇬🇧 Press service of the Department for Tourism development in Bukhara region

📌 Join it: https://t.me/bukhtourism

Report Page