🪶OVCHILIKNING O‘Z QOIDALARI BOR!

🪶OVCHILIKNING O‘Z QOIDALARI BOR!

 

Shu kunlarda Paxtachi tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududlarida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalari buzilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot va o‘simlik dunyosi turlarini asrab-avaylash maqsadida ko‘zatuv reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 13 dekabr kunida tumanning Xudayberdi MFYning qishloq xo‘jaligi ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida, Xaydarobod MFYda yashovchi fuqaro A.M o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli yordamida ov qilib yurganligi aniqlandi. Davlat inspektorlari tomonidan ushbu fuqaroning ov qilish huquqini beruvchi xujjatlari ko‘zdan kechirilganda mavsumiy ov varaqasining tegishli ustunlari to‘ldirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu bois, ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismiga binoan, ma’muriy bayonnoma tuzilib, 1 mln 350 ming so‘m miqdorida jarima hisoblandi.

              

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati


Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand




Report Page