OTP Bank Group vakillari bilan uchrashuv

OTP Bank Group vakillari bilan uchrashuv

EconomyPress

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorovning OTP Bank Group direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Janob Shandor Chanyi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy Bank Boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov, Moliya vazirining birinchi o'rinbosari Omonullo Nasritdinxojaev, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari Laziz Qudratov ishtirok etishdi.

Rasmiy vakillar bilan muzokaralar chog'ida mamlakatimizda, xususan, bank sektorida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Mehmonlar bank sektorini o'zgartirish istiqbollari, shuningdek, xususiylashtirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish jarayoni haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirildi.

Uchrashuv ishtirokchilari bugungi kunda biznesni yuritish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar va shuningdek, OTP Bankning O'zbekiston bank sektoriga kirishi bo'yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlarni ham muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek tomonlar o'rtasida tajriba almashish uchun o'zaro hamkorlik shakli ham belgilandi.

Uchrashuv jonli muloqot va qizgin muhitda bo'lib o'tdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page