OTM talabalari Samarqandda “Turizm va sport vaziri kubogi” uchun musobaqalashdi

OTM talabalari Samarqandda “Turizm va sport vaziri kubogi” uchun musobaqalashdi


Bugungi kunda talaba-yoshlar oʻrtasida sportning olimpiada va milliy turlarini rivojlantirish orqali yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, ularning irodasi, oʻz kuchi va imkoniyatiga boʻlgan ishonch, mardlik, vatanparvarlik, Ona yurtga sadoqat tuygʻularini kamol toptirishga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasining o‘tkazilishi ham bu kabi loyihalarning amaliy darajasini belgilaydi.

Bu gal musobaqaning final bosqichiga ko‘hna Samarqand shahri mezbonlik qildi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tgan “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasi badminton, futbol, shaxmat, armrestling, kvest sport turlari bo‘yicha tashkil etildi.

Musobaqaga 27-noyabr kuni start berildi va unda mingga yaqin talabalar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa yakunida Turizm va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida taqdirlash marosimi tashkil etildi.


Report Page