O'TGAN 10 OYDA 440 MINGGA YAQIN ISTЕ’MOLCHILARIGA GAZDAN XAVFSIZ FOYDALANISH QOIDALARI TUSHUNTIRILDI

O'TGAN 10 OYDA 440 MINGGA YAQIN ISTЕ’MOLCHILARIGA GAZDAN XAVFSIZ FOYDALANISH QOIDALARI TUSHUNTIRILDI


Is gazini “ko‘rinmas yov” deyishadi. Shuningdek, unga “kuz-qish mavsumi balosi” ham deya ta’rif berishadi. Ayni kunlarda Samarqandda 2021-2022 yil kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida "Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi va ulgurji iste’molchilar orasida ”is gazidan saqlaning” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilgan. Hududlarda nafaqat tabiiy gaz, balki suyultirilgan gazdan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha turli uchrashuvlar uyushtirilmoqda.

Aholi bilan uyushtirilgan uchrashuvlarda is gazi bilan zaharlanish, yong‘inlar, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va boshqa shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalar aksar hollarda, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i va atrofdagi odamlarning xavfsizligiga beparvo munosabatda bo‘lishi, gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqishi mumkinligi aytilmoqda.

Tahlillarga murojaat qilsak, o‘tgan davrda yuz bergan ko‘ngilsiz hodisalar, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanishining asosiy sabablari, ma’nan eskirgan qo‘lbola isitish moslamalaridan ("tarkan", "burjuyka", "sandal" kabi isitish pechlari) foydalanish, shuningdek, binolardagi havo kirish-chiqish tizimidagi (ventilyatsiya) nosozliklar tufayli kelib chaqqanligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli har bir chilangarimiz joylarda aholi bilan o‘tkazgan muloqotlar chog‘ida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. 

Joriy yil boshidan bugungacha Samarqandda 440 mingga yaqin tabiiy va suyultirilgan gaz iste’molchilariga gaz uskunalariga profilaktik xizmat ko‘rsatish jarayonida gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari tushuntirildi. 71 331 ta xonadonlarga maxsus eslatmalar tarqatildi.

"Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page