“O‘t balosi”dan ogoh bo‘ling!

“O‘t balosi”dan ogoh bo‘ling!

🌐OLTIARIQ_TV

Rishton tumanidan yana noxush xabar

Vodiy24.uz

Rishton tumanidan yana noxush xabar: tumanning Navbahor MFY Tinchlik ko‘chasidagi 86-uyda yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘inga sabab, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan isitish pechining dudburoni nosoz ekanligi deb ko‘rsatilmoqda. Yaxshiki, yong‘inda hech kim jabrlanmagan.

 


YOXB tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari amalga oshirilishiga qaramay, "o‘t balosi"ga guvoh bo‘lmoqdamiz.

 


Ehtiyotsizlik natijasida moddiy zarar, achinarlisi, inson hayotiga xavf soluvchi holatlarning kelib chiqishi barchani hushyorlikka chorlaydi.

– Fuqarolardan shuni iltimos qilamizki, xonadonlarda isitish pechlarini qurishda mutaxassisni jalb qilish, tabiiy gaz, o‘tin, ko‘mir yoki boshqa yoqilg‘i vositalaridan foydalanishda hushyor bo‘lishlari, har qanday pechlardan foydanlanmasliklari, eng asosiysi, xavfsizlik qoidalariga amal qilishlarini so‘raymiz, – deydi Rishton tuman YOXB katta inspektori Ravshan Mamarizayev.

 

Usmonjon Qodirov

Report Page