OSCP 'vohima' qilishga arziydimi?
@TuranSecurityOSCP yoki umuman hozirgi kiber xavfsizlik bozorida sertifikatlar bizga qanday yordam beradi?
Sertifikatlardan oladigan asosiy foydamiz bizni osonroq ishga olib kira olishidadir, ya'ni sertifikati bor hodim sertifikati yo'q hodimdan ko'ra ko'proq ishga kirish imkoniyati bor.
OSCP haqida gaplashsak, bu imtihon tarjibali hodimlarni sinash uchun chiqarilgan. Oddiy hasker tashqaridan kelib imtihonga kirsa va githubdagi dasturdan foydalanib SQL bazani olmoqchi bo'lsa imtihoni tugatiladi...
Hamma dasturlarni o'zi qo'lda yozishi kerak bo'ladi va imtihonda 24 soat vaqt ichida 4ta tizimni egallash talab qilinadi.
Lekin bu o'rta darajadagi oddiy imtihon halos... ha bundan qiyinroqlari bor) Masalan huddi OSCP yo'nalishiga o'xshash eCPTx yoki OSCE imtihonlarini ayta olamiz. OSCP o'rta daraja deb olsak bular yuqori daraja degani...
Ishga kirish uchun OSCP olmoqchi bo'lgan o'quvchilar ishga kirib 1-2 yil ishlab olishi kerak!

Yuqoridagi rasmda Linkedin platformasida 2022-yilda qaysi serftikat aslida ishga kirish uchun eng ko'p so'ralgani ko'rsatilgan, ha ishga kirmoqchi bo'lsangiz arzonroq, aqlga to'g'ri keladigan va ko'proq talab qilinadigan sertifikatlar ancha ko'p va OSCP eng ohirida ;)
O'quvchiga oddiygina maslahat:
Ishga kirish uchun arzonroq sertifikat oling - eJPT, Security+ sertifikatlari.
Tajriba uchun haqiqiy dunyoda kerak bo'ladigan bilim beradigan sertifikat oling masalan - PNPT, etc.
O'ta chuqur kirmoqchi bo'lsangiz - CRTO, eCTPx, OSCE kabi sertifikatlar uchun harakat qiling.
Siz kim nima desa ishonib ketadigan odam bo'lsangiz yoki shunchaki shunaqa ishonib ketadigan odamlarga maqtanmoqchi bo'lsangiz - unda rostdan OSCP oling!
*Maqolada OSCP imtihonini past qilib ko'rsatishga to'g'ri keldi, sababi o'zbek bozori bundan boshqa muhim sertifikatlar borligini bilishi kerak*