OSCE Akademiyasi: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun Qirgʻizistonda yozgi maktab; toʻliq grantlar ajratiladi!

Qayerda: Qirgʻiziston
Kim uchun: Barcha uchun
Ariza topshirish muhlati: 2021-yilning 5-iyuligacha
Asosiy maʼlumot
2021-yilning 2-27-avgust kunlari Qirgʻizistonning poytaxshi Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi maktabga arizalar qabul qilinmoqda. Yozgi maktab OSCE akademiyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Yozgi maktab Akademiyaning Siyosat va xavfsizlik hamda Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish magistratura kurslari uchun tayyorlov kursi sifatida taklif etilayotgan boʻlsa-da, mazkur yoʻnalishlarga aloqadar yoʻnalishda tahsil olayotgan barcha magistratura bosqichi talabalari va bakalavriatning oxirgi kurs talabalari ariza topshira oladi.
Yozgi maktabda ishtirokchilar quyidagi bloklardan biri boʻyicha bilim va malakalarini oshiradi:
1-blok: Iqtisodchilar uchun matematika kursi, Ehtimollik va statistika kursi, Akademik yozish mahorati kursi.
2-blok: Ijtimoiy fanlar boʻyicha tadqiqot metodlari bilan tanishuv kursi va Akademik yozish mahorati kursi.
Dasturning moliyaviy imkoniyatlari
Mavjud moliyaviy manbalar va saralash asosida, dasturga qabul qilinganlarga grantlar ajratiladi. Ajratilgan grant quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
- Kursga qatnashish haqidan toʻliq ozod etiladi.
- 4 hafta uchun 300 yevro stipendiya.
- Markaziy Osiyo ichida Bishkekka borish va qaytish uchun chipta bilan taʼminlanadi.
Grant sugʻurta xarajatlari va ishtirokchining oila aʼzolarining xarajatlarini qoplab bermaydi.
Talablar
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar va shu sohalarga aloqador yoʻnalishlrda tahsil olayotgan bakalavriatning oxirgi kurs talabalari, magistrlar topshira oladi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
- Dasturga Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Moʻgʻuliston fuqarolari topshira oladi.
Hujjat topshirish jarayoni
Dasturga arizalar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun avval hisob (account) ochilishi kerak. Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2021-yil 5-iyul, soat ertalabki 9:00 gacha topshirilishi lozim.
Faqat dasturga qabul qilingan talabalargagina email orqali xabar qilinadi, qabul qilinmagan talabalarga bu haqida xabar yuborilmaydi.
Savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manzillariga murojaat qilishingiz mumkin:
Siyosat va xavfsizlik magistrlik dasturi boʻyicha: MA-PS@osce-academy.net
Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish magistrlik dasturi boʻyicha: MA-EGD@osce-academy.net
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin yozgi maktab haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar