OSCE Academy in Bishkek: OTMda maʼruzachi lavozimi uchun boʻsh ish oʻrni; oylik maosh – 1300 yevrogacha

Qayerda: Qirgʻiziston
Kim uchun: PhD darajasiga ega maʼruzachilar uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2021-yilning 17-iyuligcha
Rasmiy havola:
http://osce-academy.net/en/seminars/full/135.html
Qirgʻizistonning poytaxtida joylashgan OSCE Academy in Bishkek (EXHT Akademiyasi) “Politics & Security” yoʻnalishidagi magistratura (MA) kursi talabalariga dars berish uchun maʼruzachi lavozimiga boʻsh ish oʻrnini eʼlon qildi. Boʻsh oʻrin uchun siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar yoki shunga yaqin soha boʻyicha PhD darajasiga ega boʻlgan nomzodlar ariza berishlari mumkin. Maʼruzachidan “History of Political Thoughts” kursini olib borish talab etiladi.
Dasturning manfaatli jihatlari
- Maʼruzachi lavozimi uchun oyiga 1200-1300 yevro maosh toʻlanadi. Maoshning aniq miqodir intervyudan keyin belgilanadi.
- Kompyuter bilan jihozlangan ofis ajratiladi, shuningdek, EXHT Akademiyasining barcha qulayliklaridan foydalanish imkoni yaratib beriladi.
- EXHT Akademiyasi Bishkekka sayohat qilish bilan bogʻliq barcha masalalarda, jumladan, vizani rasmiylashtirish va shaharda uy-joy topishda yordam beradi.
Talablar
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar yoki shunga yaqin soha boʻyicha PhD darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Dars berish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
- Sohaga oid nashrlar (taqrizchilar tomonidan yuqori baholangan) chop ettirgan boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini aʼlo darajada bilishi kerak.
- Insonlar bilan samarali muloqot qila olishi kerak.
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar haqida batafsil: shu yerda.
Hujjat topshirish jarayoni:
Vacant oʻringa arizalar 2021-yil 17-iyulgacha qabul qilinadi. Barcha hujjatlar yagona PDF faylga jamlanishi, faylga “Lecturer position: Political Theory” deb sarlavha qoʻyilishi va teachingvacancies@osce-academy.net manziliga e-mail orqali yuborilishi kerak.
Kerakli hujjatlar:
· Cover Letter.
· CV.
· 2 ta tavsiyanoma.
· Chop etilgan nashrlar roʻyxati.
· Oldin oʻqitgan talabalarining baholash (past student evaluations) natijalari (agar mavjud bo'lsa).
· Oʻquv rejasi loyihasi (syllabus).
Maʻlumot uchun:
Tel.: +996 (312) 54-32-00, 54-12-00
Fax: +996 (312) 54-23-13
Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar